www.ziyouz.com
кутубхонаси
81
KARNEAD
(Miloddan avvalgi 212-129 yillar)
Faylasuf Karnead Yunonistonning Kiren shahrida tug‘ilib o‘sdi. U falsafa maktabiga
rahbarlik qilib, haqiqatning mezonlari haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. Karneadning
o‘ziga xos kuchli va jarangdor ovozi bor edi. U o‘ta mehnatkashligi, o‘tkir aql-farosati
bilan zamondoshlarining tahsiniga sazovor bo‘lgan. Ayniqsa, notiqlik bobidagi
mahoratiga hamma tan bergan. Haqiqatning mezonlariga oid fikrlarini dadil ayta
olganiga qaramay, Karnead o‘limdan qattiq qo‘rqqan. Vaholanki, u doimo: «Tabiatning
o‘zi yaratadi, o‘zi halok qiladi», — degan so‘zlarni takrorlashni xush ko‘rardi. Rivoyat
qilishlaricha, Karnead Antipatr ismli bir tanishining zahar ichib, vafot etganini eshitib
qoladi. Uning jasoratidan hayajonga tushgan faylasuf:
— Qani, menga ham keltiringlar! — deydi qat’iylik bilan.
— Nimani keltiraylik? — deb so‘rashganida Karnead kalovlanib qoladi va bir lahzalik
Do'stlaringiz bilan baham: |