Allohning rahmati
Hojar o‘g‘illarining oldiga yugurib keldilar. Shu lahzada Alloh onaning g‘amini yeb
O’zining rahmatidan nasib etdi. Alloh Jabroil alayhissalomni yubordi. U zot qanotlari
bilan yerni urdilar. Yerdan sizib suv chiqa boshladi. Hojar onamiz suvni ichib, Allohga
hamd aytdilar. Suvga qarab: «zummi zummi», dedilar, shundan buloqning nomi Zam-
zam bo‘ldi.
Ona-bola suvdan ichdilar, yuzlariga tabassum yugurdi. Bu Allohning ona-bolaga rahmati
edi! Hojar onamizning suv qidirib yugurishlari to qiyomatgacha keladigan odamlarga
shior bo‘lib qoldi. Baqara surasining 158-oyatida Alloh taolo xabar beradi: «Albatta Safo
va Marva Alloh (buyurgan) marosimlardandir. Bas, kim Baytullohni (tavof qilish bilan)
haj yoki umra qilsa, u ikki tog‘ orasida sa’y qilishining gunohi yo‘qdir. Va kim o‘z ixtiyori-
la yaxshilikni niyat qilsa, bas, albatta Alloh Shukr qilguvchi (Taqdirlovchi) va
Bilguvchidir».
Ona-bola bir qancha kun Zam-zam qudug‘i oldida qoldilar. Buloq atrofiga qushlar uchib
kelishdi. Bu yerda suv borligini bilib, qabilalar ham yetib keldilar. Ba’zilar bu yerga
maskan qilib yashab qolishdi. Yosh Ismoil ulardan arab tilini o‘rgandi.
Katta imtihon
Ismoil arablar orasida, Zam-zam yonida ulg‘aya boshladi. Ibrohim alayhissalom o‘g‘illari
va xotinlarini ko‘rgani kelardilar. Bir kuni Ibrohim alayhissalom tush ko‘rsalar, o‘g‘illari
Ismoilni so‘yayotgan emishlar! Buni Hojar onamizga aytdilar. Hojar bildilarki,
payg‘ambarlarning tushlari rost va vahiy bo‘ladi. Bir necha vaqt Hojar onamiz jim mayus
yurdilar. O’zlari o‘zlariga: «Yolg‘iz o‘g‘illarini qanday qilib qo‘yga o‘xshab
bo‘g‘izlaydilar?», dedilar. Lekin Xojar onamizning iymonlari komil iymon edi. «Agar Alloh
taolo shuni qazoi qadar qilgan bo‘lsa, sabr qilaman, Allohning amriga itoat etaman, bor
kuch-quvvatim bilan bo‘ysunaman!» dedilar.
Ibrohim alayhissalom o‘g‘illari Ismoilga bu xabarni yetkazdilar. Ismoil shunday dedi: «Ey
otajon, senga (tushingda Parvardigor tomonidan) buyurilgan ishni qilgin. Inshaalloh,
meni sabr qilguvchilardan topursan» (Vas-soffot surasi, 102-oyat). Ibrohim alayhissalom
o‘g‘illari bilan sahroga chiqdilar. Shayton avval Hojar onamizni vasvasa qildi: «Bolangni
so‘ygani olib ketyapti!» So‘ng Ibrohim alayhissalomni vasvasa qildi. U zot ikkita tosh olib
otdilar, Allohdan panoh so‘radilar. O’g‘illari ham shunday qildi. Haj amallari
bajarilgandan so‘ng uch kun tosh otish shulardan meros qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |