3710-§. Minerallarning agregatlari
Tabiatda minerallar alohida kristallar qo‘rinishida, o‘simtalar yoki ularning to‘plamlari shaklida uchrashi mumkin. Mineral hosil qiluvchi tabiiy jarayonlarda hosil bo‘lgan kristallar to‘plami «mineral agregatlari» deyiladi.
Minerallar agregatlari shakli va tuzilishi bo‘yicha turli-tumandir. Ulardan tabiatda eng ko‘p uchraydigani va muhimlari quyidagilar hisoblanadi.
17-rasm. Minerallarning agregatlari. A – plastinkasimon, B – ignasimon, D – nursimon.
Dendrit – tog‘ jinslari yupqa qatlamlari yuzasida elementlar eritmasidagi shoxsimon, butasimon ko‘rinishidagi shakllardir (18rasm, a). Mis, kumush, marganets elementlari ko‘proq shunday shakllarni paydo qiladi.
Druzalar – asosi bir bo‘lib, turli tomonga qarab o‘sgan kristallar to‘plami. Tabiatda kvars, kalsit, topazning yirik, chiroyli druzalari ko‘p uchraydi (18-rasm, b).
18-rasm. Marganets oksidi dendritlari (a) va morion kristali druzalari (b).
Oqma shakllar – buyrak, sumalak ko‘rinishida bo‘ladi (19rasm). Bunday shakllar minerallarning eritmadan hosil bo‘lish jarayonida tog‘ jinsi yoriqlaridan o‘tib bug‘lanishi natijasida yuzaga keladi. Malaxit, xalsedon, kalsit minerallari uchun xos.
19-rasm. Buyraksimon (a) va yo‘l-yo‘l agregat (b).
Konkretsiyalar – biror-bir zarracha atrofida moddaning to‘planishidan hosil bo‘ladi. Kristallar markazdan yon atrofga radial joylashgan nur ko‘rinishida shakllanadi. Shuning uchun tuzilishi radial-nurli bo‘ladi. Ba’zan bir tekis bo‘lishi ham mumkin. Konkretsiyalar shakli linza, shar yoki noto‘g‘ri dumaloq bo‘lishi mumkin (20rasm). Marganets, temir oksidlari, kalsit, markaziy minerallari ko‘proq shunday shakllarni hosil qiladi.
Sekretsiya – konkretsiyadan paydo bo‘lishi bilan farq qiladi. Sekretsiyalar tog‘ jinsi bo‘shliqlarining mineral modda bilan to‘ldirilishidan hosil bo‘ladi. To‘ldirish jarayoni chekkadan o‘rtaga qarab rivojlanadi. Sekretsiyalar asosan oval ko‘rinishda bo‘ladi. Mayda turi «mindal», yirigi «jeoda» deb ataladi. Sekretsiyalarni ko‘proq ametist, xalsedon, aqiq (agat), kalsit minerallari hosil qiladi.
Oolitlar – o‘lchamlari 1–10 mm atrofida bo‘lib, sharsimon, nuqtasimon, ikrasimon agregatlardir. Bunday shakllarni marganets, temir, aluminiy oksidlari hosil qiladi. Ko‘pincha oolitlar o‘zaro sementlashib tog‘ jinsini paydo qiladi (21-rasm).
20-rasm. Fosforit 21-rasm. Boksitning konkretsiyalari. oolitli agregati.
Donador agregat – asosan magmatik tog‘ jinslari uchun xos bo‘lib, kristallarning o‘zaro zich joylashuvi natijasida paydo bo‘ladi. Donalarining o‘lchamlariga ko‘ra yirik, o‘rta va mayda donali turlari ajratiladi.
Yersimon agregat – yumshoq va bo‘shoq minerallar uchun xos. Bunday agregatni ko‘proq marganets, temir gidrooksidlari hamda gillar va boksit yuzaga keltiradi. Ular qo‘lga yuqadi va oson maydalanib ketadi.
Sumalaksimon shakllar – tog‘ jinslari orasidagi katta yoriqlar, bo‘shliqlar, yerosti g‘orlari orqali sizib o‘tuvchi kolloid holdagi eritmalardan hosil bo‘ladi. Ular «stalagtitlar va stalagmitlar» deb ataladi. Stalagtitlar yerosti g‘orlari shipida sumalakdek osilgan holda, stalagmitlar esa g‘orning pastki yuzasidan yuqoriga qarab o‘sayotgandek tuyuladi (22-rasm).
22-rasm. Stalaktit va stalagmitlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |