Mexanik deformatsiyalar.
«Deformatsiya» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, tashqi kuch ta’sirida qattiq jismning hajmi yoki shakli o‘zgarishi demakdir. Og‘irligi esa o‘z holicha qoladi. Tashqi kuchlarning kristallarga ta’sir etishi darajasiga qarab mexanik deformatsiya ikkiga: elastik (egiluvchanlik) va plastik (siljishlik) deformatsiyaga bo‘linadi.
Jismlarning, jumladan kristallarning biron tomoniga yoki qirrasiga katta og‘irlik yoki bosim kuchi ta’sir etilsa, uning avvalgi vaziyati o‘zgaradi (zichlashadi, egiladi, qiyshayadi va h.k.). Agar tashqi ta’sir etuvchi kuch olib tashlansa, kristall avvlgi holatiga qaytadi. Bu esa «elastik deformatsiya» deyiladi. Kalsit, slyuda va boshqa minerallar kristallarida bu hodisa yaqqol ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |