«Yonuvchi slanetslar» deb slanetslashgan gilli yoki mergelli tog‘ jinslariga aytiladi. Ularning yupqa plastinkalari yonuvchan bo‘lib, burqirab (dudli) yonadi. Yonganda bitum hidi keladi (neft yoki kerosin). Yonuvchi slenetslar chukindi jinslar orasida qatlam-qatlam holida uchraydi. Ularning qalinligi bir necha santimetrdan bir necha metrgacha etib, o‘nlab km ga cho‘zilgan bo‘ladi. Issiqlik berish qobiliyati 2000 kkal /kg. Issiqlik xomashyosi sifatida ishlatiladi.
Yonuvchi slanetslarning eng qimmatli xususiyatlaridan biri – qizdirilganda ulardan suyuq va gazsimon mahsulotlarning (qoramoy va gazlar) ajralib chiqishidir.
Bulardan neft mahsulotlari va qimmatbaho ogranik birikmalar olinadi (ixtiol, tiokreolin va b.). Ulardan 10–12 %gacha uchuvchan komponentlar ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |