Moslashgan intruziyalarga sill, lopolitlar, etmolitlar, lakkolitlar, bismolitlar, akmolitlar, fakolitlar kiradi (38-rasm).
38-rasm. Moslashgan intruziyalar shakllari:
1 – sill; 2 – lopolit; 3 – lakkolit; 4 – fakolit.
Sill (intruziv uyumlar) – qatlam yoki yassi linzasimon shakldagi intruziv uyumlardir. Atrof jinslarning qatlamlanishiga parallel holda joylashadi. Sill ko‘pincha qat-qat shaklida bo‘lib, yagona oqib chiquvchi kanal orqali bir-biri bilan birlashgan bo‘ladi.
Lopolitlar. «Lopolit» – yunoncha «lopos» so‘zidan olingan bo‘lib, tovoq, hovuz demakdir. Tovoq shaklidagi intruziv shakl.
Fakolitlar. Odatda «antiklinal» va «sinklinal» deb ataluvchi burmalarning yadrosiga joylashgan linzasimon jins shakllari «fakolit» deb ataladi.
39-rasm. Intruziv jinslarning yotish shakllari.
Do'stlaringiz bilan baham: |