Magnezit – MgCO3.Tarkibida MgO – 47,6 %, CO2 – 52,4 %. Tabiatda yirik kristallari ham uchraydi. Uning rangi –oq, sarg‘ish va kul rang bo‘lib tovlanadi. Uning yaltirashi shishadek, qattiqligi – 4,1–4,5; solishtirma og‘irligi – 2,9–3,1; mo‘rt; ulanish tekisligi romboedr bo‘yicha mukammal, sinishi notekis. Tabiatda keng tarqalgan magnezit o‘ta asosli intruziv jinslari dunit, peridotit va piroksenitlarning so‘nggi jarayonlarda o‘zgarishi va nurash oqibatida paydo bo‘ladi.
Ushbu magnezitlar bronzit, serpentin, talklar bilan birga uchraydi. Quyidagi holda yuzaga kelgan magnezit, ba’zan yirik konlar hosil qiladi. Ayrim yirik konlar gidrotermal-metasomatik jarayonlarda paydo bo‘ladi. Unda magnezit, dolomit, kalsit, barit, talk, kvars, pirit, xalkopiritlar bilan paragenetik assotsiatsiyada yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |