Molibdenit – MoS2. Grekcha «molibdos» «qo‘rg‘oshin» degan so‘zni anglatadi. Tarkibida Mo – 60%, S – 40 %. Molibden geksagonal singoniyada kristallanadi, u odatda qavat-qavat bo‘lib uchraydi. Kristallari geksagonal taxtachalar qiyofasida uchraydi (27-rasm). Molibdenit rangi qo‘rg‘oshindek kul rang, havo rang bo‘lib tovlanadi. U metalldek yaltiraydi, yupqa varaqchalari egilgan va bukilgan; qattiqligi – 1, solishtirma og‘irligi – 4,7–5,0. Molibdenitning asosiy belgilaridan – qo‘lga yog‘langandek tuyulishi va qog‘ozda iz qoldirishidir.
Tabiatda uchraydigan aksariyat molibdenit konlari nordon intruziv jinslar bilan genetik bog‘liq. Molibdenit gidrotermal jarayonda kvars tomirlarida kassiterit – volframit, ba’zan muskovit, topaz va vismutinlar bilan bir formatsiya hosil qiladi.
27-rasm. Molibdenitning yulduzsimon agregati.
Do'stlaringiz bilan baham: |