Microsoft Word Mineral va petro lat doc


-§. Metamorfik tog‘ jinslarining struktura va teksturasi



Download 4,27 Mb.
bet165/181
Sana31.07.2021
Hajmi4,27 Mb.
#133552
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   181
Bog'liq
2 5373003022144112772ker

7548-§. Metamorfik tog‘ jinslarining struktura va teksturasi


Metamorfik tog‘ jinslari struktura va teksturasi xuddi magmatik tog‘ jinslari struktura va teksturasini aniqlashdagi sabablarga asoslanadi. Asosan quyidagi ichki tuzilishlar ajratiladi: 1) kristalloblast; 2) kataklast va milonit; 3) relikt yoki qoldiq.



Kristalloblast ichki tuzilishlar to‘liq qayta kristallashishdan yuzaga kelgan metamorfik jinslar uchun xosdir. Minerallar morfologik xususiyati, katta-kichikligi, birga uchrashi va ularning o‘zaro birga o‘sishini tavsiflaydigan quyidagi kristalloblast strukturalar ma’lum.

Kristall donalarining katta-kichikligiga ko‘ra gomeoblast (bir xil donali) va geteroblast (har xil donali ) strukturaga bo‘linadi.

Gomeoblast strukturalarning xillari ko‘p bo‘lib, asosiylari quyidagilardir:

Granoblast struktura mineral donalari qirralari va dumaloq bo‘lgan jinslarga xosdir. Granoblast struktura kvarsit, marmar, rogovik, amfibolit kabi jinslar uchun xarakterli.

Lepidoblast struktura asosan tangasimon (slyuda, talk, xlorit) minerallardan tashkil topgan metamorfik jinslar uchun xos. Tabletkasimon minerallar subparallel joylashgan bo‘ladi. Bunday struktura slanets, gneys jinslari uchun juda xarakterli.

Fibroblast struktura jins tarkibida tolasimon, ignasimon va yupqa plastinkasimon minerallar (serpentin, amfibol) mavjudligi bilan tavsiflanadi. Mineral donalari o‘zaro chalkashib ingichka tolali massani tashkil etadi. Serpentinit, ba’zi bir gneyslar uchun xos.

Brekchiyasimon struktura. Bunday ichki strukturaga mansub jinslar mineral yoki jinslarning o‘tkir qirrali va har xil katta-kichiklikdagi bo‘laklaridan tashkil topadi.

Porfiroklast struktura (sementli struktura) yuqori darajada maydalangan jinslar uchun xos. Birmuncha yirik mineral yoki jins bo‘laklari mayda jins zarralari va kukunsimon material bilan sementlashadi.

Milonit struktura – jins va mineral donalari intensiv maydalangan bo‘ladi.

Relikt struktura. Bunday ichki tuzilishlarga mansub jinslarda birlamchi o‘ziga xos boshlang‘ich ichki tuzilishlari saqlangan bo‘ladi.

Metamorfik tog‘ jinslarining teksturasi 2 katta guruhga bo‘linadi:

meros (qoldiq) yoki relikt va singenetik (metamorfik jinslar bilan bir paytda hosil bo‘lgan metamorfizm uchun xos) teksturalar.

Relikt tekstura metamorfizm jarayoni bosim ishtirokisiz bo‘lgan va slanetslashmagan jinslarda juda yaxshi saqlanadi.

Metamorfizmga xos teksturalar quyidagilardan iborat:

Massiv tekstura stress (bir yo‘nalishdagi bosim) ishtirok etmagan sharoitda qayta kristallashish natijasida vujudga keladi. Mineral agregatlari (donalari) bir xil bo‘ladi. Rogovik, marmartosh, kvarsit, amfibolitlarda uchraydi.

Dog‘simon tekstura. Mineral donalari to‘da-to‘da bo‘lib notekis joylashadi. Kontakt metamorfizm jinslari uchun xos.

Slanetslashgan tekstura jinslarda parallel yuzalarning ko‘pligi bilan aniqlanadi. Slanetslashish tekisligida plastinkasimon va tangasimon minerallarning bir xil joylashishidan hosil bo‘ladi.

Gneysli va gneyssimon teksturalar slanetslashgan tashqi tuzilishdagiga o‘xshash, bunda ham mineral donalari parallel joylashadi.

Yo‘l-yo‘l tekstura har xil ichki tuzilish va tarkibli jins qatlamlarini birin-ketin almashinib joylanishidan hosil bo‘ladi. Magmatitlar, milonitlar va gneyslarda uchraydi.

Chiziqli tekstura jinsda o‘zaro parallel yo‘nalgan disten, sillimanit, amfibollar singari ignasimon va cho‘ziq prizma shaklidagi minerallar borligi bilan tavsiflanadi.

Ko‘zli tekstura jinslarning asosiy massasida aniq ajralib turgan minerallar (yoki ularning o‘simtalari) mavjudligi bilan aniqlanadi.



Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish