Microsoft Word Мет-Курс-раб84


KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI



Download 56,04 Kb.
bet2/5
Sana10.06.2022
Hajmi56,04 Kb.
#652559
1   2   3   4   5
Bog'liq
КУРС ИШИ услубий курсатма 2021

KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI

Kurs ishining maqsadi - fanning nazariy materialini chuqur o'rganish, ma'lumotnomalar bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, kasbiy va amaliy muammolarni ijodiy hal etish uchun nazariy materiallarni qo'llash qobiliyatini rivojlantirish.


Ushbu maqsadga muvofiq kurs ishini bajarish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi:

  • nazariy bilimlarni, amaliy ko'nikmalarni kengaytirish, chuqurlashtirish, tizimlashtirish, birlashtirish va qo'llash;

  • adabiyot manbalari, statistik va ma'lumot materiallari, me'yoriy-texnik hujjatlar, huquqiy ma'lumotlar bazasi bilan mustaqil tahliliy ish ko'nikmalarini rivojlantirish va mustahkamlash;

  • ish mavzusi doirasida muammoni aniqlash, ushbu muammoni tahlil qilish va uni hal qilish usullarini aniqlash qobiliyatiga ega bo'lish;

  • tanlangan mavzu bo'yicha mavjud tadqiqot usullarini egallash, o'z uslublarini ishlab chiqish, mustaqil tadqiqot ishlarini olib borish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;

  • zamonaviy iqtisodiy-matematik usul va modellardan, kompyuter texnologiyalari, fan va amaliyotning yutuqlaridan mohirona foydalanish;

  • aniq muammolarni hal qilish usullarini tanlashda mustaqillik va ijodiy tashabbusni rivojlantirish;

  • talabalarni o'quv jarayonining yanada murakkab bosqichiga - diplom loyihalashga tayyorlash.


  1. KURS ISHINING TUZILISHI VA MAZMUNI

Zamonaviy ilm-fanning faoliyati, shu jumladan o'quv jarayonining malakaviy ishi ilmiy jamoatchilik tomonidan baholanadigan qadriyatlar va normalar bilan tartibga solinadi. Qadriyatlar va normalar fanning yagona birlik sifatida mavjudligini ta'minlaydi va ilmiy faoliyatda jamiyatning barcha a'zolari uchun maqbul bo'lgan ustivorliklar, namunalar va chegaralarni belgilaydi.


Ilmiy hamjamiyatning asosiy qadriyatlariga umumilmiy gipotetik-deduktiv (faraziy-deduktiv) usul [7] kiradi, u ob'ekt va tadqiqot mavzusining qat'iy tartib asosidagi manipulyatsiyasi asosida sabab-oqibat belgilarini aniqlashga qaratilgan. Ushbu usul doirasida kurs ishining tarkibiy elementlari aniqlanadi.
Umumiy talablar
Kurs ishining tarkibi quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak:

  • fan sohasidagi me'yoriy hujjatlar tahlili: texnik reglamentlar va standartlar, tavsiyalar, tasniflagichlar, sertifikatlar va h.k.;

  • maksimal darajada foydalanish va to'g'ri rasmiylashtirilgan adabiyotlar manbalari, raqamlar, jadvallar va boshqalarga havolalar.

Kurs ishining tarkibiy elementlari ularni joylashuvi tartibida quyida keltirilgan.

  1. Titul varag'i (ilova A).

  2. Qisqartirishlar, shartli belgilar, simvollar, birliklar va atamalar ro'yxati.

  3. Mundarija.

  4. Kirish.

  5. Nazariy qism.

  6. Amaliy qism.

  7. Xulosa.

  8. Bibliografik ro'yxat.

  9. Ilovalar.

Kurs ishi mavzularining taxminiy ro'yxati ilovada keltirilgan. (ilova B).
Kurs ishining umumiy hajmi rasmlar (diagrammalar, grafiklar, sxemalar, fotosuratlar, chizmalar) va jadvallarni o'z ichiga olgan holda 25-35 bosma sahifani tashkil etadi. Ilovalar ish hajmiga kirmaydi. Kurs ishi tarkibiy elementlarning taxminiy hajmi:

  • kirish – 1-1,5 bet;

  • nazariy qism (ikkita bo'lim: nazariy-tahliliy - 5 -8 bet, nazariy-uslubiy qism - 5-8 bet);

  • amaliy qism - 12 - 15 bet;

  • xulosa - 1 - 2 bet;

  • bibliografik ro'yxat - 1-2 bet (10 - 15 manbalar).

Mundarijada ketma-ket bo'limlar sarlavhalari, kichik bo'limlar, punktlar va ilovalar nomlari, ushbu ish elementlari boshlanadigan sahifalar ko'rsatiladi.
Qisqartirishlar, shartli belgilar, simvollar, birliklar va xos atamalar ro'yxati o`z ichiga ishda qabul qilingan kam tarqalgan qisqartirishlar, shartli belgilar, simvollar, birliklar va xos atamalarni oladi. Agar qisqartirishlar, shartli belgilar, simvollar, birliklar va xos atamalar ishda uch martadan kam takrorlangan bo'lsa, alohida ro'yxat tuzilmaydi, ularning kengaytmasi to'g'ridan-to'g'ri matndagi birinchi eslatmada beriladi. Shartli belgilarga so'zlarni birinchi eslatishda hosil bo'lgan qisqartirishlar ham kiradi, masalan: "Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash (ITT)".
Kirish qismida hal qilinayotgan muammoning hozirgi nazariy va amaliy holati, muammoning rivojlanish tendentsiyasi, ushbu mavzu bo'yicha ish olib borish zarurligi asoslari, ya'ni NIMA UCHUN bu ish bajarilganligi to'g'risida qisqacha baho bo'lishi kerak. Mavzuning dolzarbligi va yangiligi ko'rsatiladi, dastlabki iqtisodiy-statistik ma'lumot beriladi, uning tavsiflari beriladi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari oldindan ko'rsatib o'tiladi. Tadqiqot ob'ekti, mavzusi va usullari aniqlanadi.
Har qanday fanni o'rganish ob'ekti deganda - shu fanga tegishli vositalar, usullar yordamida o'rganiladigan aniq, real ob'ektlar, hodisalar va jarayonlarning yig`indisi (tizimi) tushuniladi. Tadqiqot predmetini aniqlash va uni takomillashtirish maqsadida ob'ektda o'rganilishi kerak bo'lgan o'ziga xos, maxsus narsani aniqlash kerak. Umuman olganda, kirishda ishni bajarish orqali nimaga erishish mamkinligi haqida faraz ilgari suriladi. Odatda kirishning mazmuni ish tugagandan so'ng korrektirovka qilinadi.

Download 56,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish