Marketing nazorati - strategik va marketing rejalarining bajarilish natijalarini
o’lchash, tahlil qilish va ularga zaruriy o’zgartirishlar kiritish jarayoni.
Marketing printsiplari (tamoyillari) - bozorni bilish, bozorga moslashish va
bozorga ta'sir o’tkazish.
Marketingni rejalashtirish - korxonada marketing maqsadi, vazifalari,
tadbirlari va ularni amalga oshirish vositalari, yo’llari, xarajatlarini aniqlash jarayoni.
Marketing strategiyasi - iste'molchilarni jalb etish, ularning ehtiyojini
qondirish va o’z maqsadiga erishish uchun marketing kompleksini qo’llash tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |