"Kabinet" tadqiqotlari - rasmiy bosma axborot manbalari asosida
umumxo’jalik kon'yunkturasi holatini, ayrim bozorlar taraqqiyotini, ayrim
mamlakatlar iqtisodiyotini o’rganish va ular to’g’risida tegishli tasavvurlar berish.
Kengash - bu muayyan masalani muhokama etish va oqilona qaror qabul
qilish maqsadida uyushtiriladigan majlisdir.
Kelishuv - bu nizoli holatda muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti- bu
murosaga kela olishlikdir.
Kontsern - bu ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi asosida tarkib topadigan
yirik, ko’p tarmoqli korporatsiyadir.
Korporatsiya - bu rivojlangan yirik aktsionerlar jamiyati va trestlar
birlashmasidir.
Konsensus - bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha baxsli masalalar va
turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |