Iste'mol darajasi - ma'lum paytda haqiqiy iste'molning istalgan, mo’ljallangan
yoki ratsional iste'molga nisbatan erishgan darajasi.
Iste'mol - mahsulotdan foydalanish, uni ishlatish jarayoni.
Iste'mol me'yori - mahsulotlar iste'moli ratsional darajasining ko’rsatkichlari.
Iste'mol strukturasi - iste'mol yo’nalishlari va iste'mol qilinadigan
mahsulotlar turlari.
Iste'mol tovarning xizmat muddati - mahsulotning o’z iste'mol xossalarini
yo’qotmay saqlab turish davri.
Iste'molchi - o’z ehtiyojini qondirish uchun mahsulot, tovar, xizmatlardan
foydalanadigan shaxs, oila, jamoa, korxona, tashkilot, muassasa.
Do'stlaringiz bilan baham: |