Mo’ljallangan bozor - biror korxona tanlab olgan aniq iste'molchilar guruhi,
korxonaning mavjud va bo’lajak iste'molchilar majmui.
Mujassamlashtirilgan marketing strategiyasi - korxona butun marketing
kuchg’ayratini bozorning bir yoki bir necha bo’g’iniga mujassamlashtirishdan iborat
marketing turi yoki strategiyasi.
Murojaat tarqatish - ma'lumotlarni, murojaatni iste'molchilarga etkazish
yo’llari.
Narx diapazoni - aniq tovar narxining eng yuqori va eng quyi chegaralari
oralig’i.
Narx kafolati - ishlab chiqarish va savdo korxonasi omborida saqlanib,
jo’natiladigan tovarlar qiymatini yo’qotmasligi uchun xaridor olib ketadigan paytda
hozir amal qilayotgan eng quyi narxdan past narx.
184
Do'stlaringiz bilan baham: |