Strategik rivojlantirish - korxonaning maqsadi, resurslari va marketing
imkoniyatlarining o’zaro strategik muvofiqligini ta'minlash jarayoni.
Supermarket - xaridorning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga asoslangan juda
keng tovar assortimenti bilan sotish jarayonlarini uyushtiruvchi yirik savdo
muassasasi.
Sust talabli tovarlar - ayni paytda tovarga talab imkoniyat darajasidan ancha
past bo’ladi.
So’rov - kishilarning bilimlari, e'tiqodlari, xohishlari va mamnunliklari
to’g’risidagi ma'lumotlar olish uslubi.
Tabaqalangan narx - bir xil yoki o’xshash tovarlarga, tovarning turli
variantlari, turli savdo shartsharoitlari farqiga qarab belgilanadigan har xil narx.
Tabaqalangan marketing strategiyasi - bozor bo’g’inlaridan bir nechtasi
tanlanib, ularning har biri uchun alohida tovar taklif etish va maxsus marketing
kompleksini qo’llashga mo’ljallangan marketing turi yoki strategiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |