www.ziyouz.com kutubxonasi
67
allaqaerda daryoda suvni chapillatib cho‘milayotgan negr bolalarining kulgilari quloqqa chalinadi.
Dalalarda yelka va qo‘llar ko‘zga tashlanadi; ko‘m-ko‘k maysalardan to‘qilgan kulbalar ichidan hazil-
mutoyibalar va quvnoq suhbatlar eshitiladi.
Hozir o‘lka uzra go‘yo bo‘ron bo‘lib o‘tgandek va hamma tovushlarni uchirib ketgandek edi,
hechqisi yo‘q. Go‘riston sukunati. Charm ilmoqlarda beso‘naqay eshiklar osilib qolgan. Jimjit havoda
eski pokrishkalardan qilingan tashlandiq arg‘imchoqlar qotib qolgan. Kirchilarning yaxshi ko‘rgan joyi
— sohildagi yassi toshlar huvillab qolgan. Tashlandiq polizlarda yakkam-dukkam tarvuzlar qalin
po‘stlog‘i tagida muzdek sharbatni yashirgancha dumalab yotibdi. O’rgimchaklar tashlandiq
chaylalarda yangi inlarini to‘qiydilar; ilma-teshik tomdan quyoshning zarrin nurlari o‘rniga chang sizib
kiradi. Allaqaerda shoshma-shosharlikda esdan chiqqan gulxan hali ham o‘chib ulgurmagan va birdan
avj olgan alanga poxol chaylaning quruq sinchini yamlashga tushadi. Shunda ochofat olovning
mamnun gurillashi sukunatni buzadi.
Tosh qotgan erkaklar do‘kon ayvonchasida o‘tirishibdi.
Sira aqlim yetmaydi, kelib-kelib ular to‘satdan nega hozir ketgilari kelib qoldi! Bir qarashda
hammasi joyidagidek edi. Kunda-kunda yangi imtiyozlar olishardi. Ularga tag‘in nima kerak ekan-a?!
Saylov solig‘ini bekor qildik, dangasalik bo‘lmasligi uchun qonunlar qabul qilinyapti, qayoqqa
qaramang — tenglik! Shuyam kammi ularga? Har qanday oqtanlidan yomon topishmaydi — he yo‘q,
be yo‘q koinotga jo‘nab yuborishdi-ya!
Bo‘m-bo‘sh ko‘chaning narigi uchida bir velosipedchi ko‘rindi.
— O’lay agar, Tis, bu kelayotgan sening Silliying bo‘ladi.
Velosiped ayvon yoniga kelib to‘xtadi, unda qizg‘ish tanli 17 yoshlardagi, suyagi buzuqqina bir
o‘smir o‘tirardi. Oyoq-qo‘llari uzun-uzun, boshi tarvuzdek yumaloq. U Semyuel Tisga qarab qo‘ydi-da,
jilmaydi.
— Ha, vijdoning yo‘l qo‘ymay qaytib kelibsan-da? — dedi Tis.
— Yo‘q, xo‘jayin, velosipedni olib keldim, xolos.
— Nega? Raketaga sig‘madimi?
— Yo‘q, xo‘jayin, gap unda emas.
— Nima gapligini aytmasang ham bo‘laveradi! Tush, mulkimni senga o‘g‘irlatib qo‘ymayman! — U
o‘smirni turtib yubordi. Velosiped ag‘darildi. — Bor, do‘konga kirib idishlarni yuv.
— Nima dedingiz, xo‘jayin? — O’smirning ko‘zlari katta-katta ochildi.
— Nima eshitgan bo‘lsang shuni dedim! Miltiqlarni idishdan olish va qutini ochish kerak —
Natchezdan mixlar kelgan...
— Mister Tis...
— Do‘konni bolg‘alarga tayyorlab qo‘yish kerak.
— Mister Tis, xo‘jayin!
— Hali ham shu yerdamisan?! — Tisning ko‘zlari shiddatkor chaqnab ketdi.
— Mister Tis, bugun dam olsam bo‘ladimi? — so‘radi o‘smir uzrli ohangda.
— Ertaga ham, indinga ham, undan keyingi kun hammi? — dedi Tis.
— Shunaqamikan deyman-da, xo‘jayin.
— Sendan qo‘rqish kerak, bu aniq. Beri kel-chi. — U o‘smirni do‘konga yetaklab ketdi va stoldan
qog‘oz oldi.
— Mana bu narsani bilasanmi?
— Bu nima, xo‘jayin?
— Sening mehnat shartnomang. Sen unga imzo chekkansan, mana sening yulduzchang,
ko‘rdingmi? Javob ber.
— Men imzo chekmaganman, mister Tis. — O’smirning vujudi titrab ketdi. — Yulduzchani har
qanday odam ham qo‘yaveradi.
— Menga qara, Silli. Shartnomang: “Men mister Semyuel Tisga 2001 yil 15 iyuldan boshlab ikki yil
ishlab berish majburiyatini olaman, bordi-yu, ishdan bo‘shamoqchi bo‘lsam, bu haqda to‘rt hafta oldin
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |