HUDHUDNING JAVOBI
Hudhud aytdi:
- Ey gavhar kabi tovlanuvchi, turfa rangli Kaklik. Buncha oqsaysan, buncha oqsoq
uzrlar aytasan (oqsoqlik uzrini qilasan)? Sening tumshug‘ing va oyoqlaring jigar qoniday
qizil, sen o‘zingni gavhar deysan, ammo toshdirsan, oddiy tosh. Gavharning asli ham
toshdir, faqat uni biroz bo‘yaganlar, xolos. Sen ana shu tosh savdosida (g‘avg‘osida,
ishqida) diling toshday qotib qolibdi. Agar bu rangni ko‘chirib tashlasang, gavhar
toshlardan bir toshdir, kimningkim rangi yo‘q, u shubhasiz, toshning o‘zi bo‘ladi. Kimdaki
ruh bo‘lsa, u rangni istamaydi, chunki mard (asl inson) tosh istamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |