O’TTIZ SAKKIZINCHI MAQOLA
BOSHQA QUSHNING SAVOLI
Boshqa bir qush Hudhudga dedi:
— Ey, dono yo‘lboshchimiz, bu vodiyda sarsonlikda kezib, yuzimiz qorayib ketdi. Pir
degan bu tariqa siyosat qilmaydi. Ey rafiq, bu yo‘l hali uzoqmi. Agar yaqin bo‘lsa yana
necha farsang yo‘l yuramiz?
Hudhud javob berdi:
— Biz yetti vodiydan o‘tamiz. Yetti vodiydan o‘tganimizdan so‘ng Shoh dargohiga
yetamiz. Bu yo‘lga kirmagan odam uning uzoq-yaqinligini bilmaydi. Inson bu uzoq
yo‘lning boshiga kelmay turib, uzoq-yaqinligidan ogoh bo‘lmaydi. Biz boradigan joy
boshdan-oyoq yo‘qlik joyidir. Ey bexabar, bu yo‘lning vodiylarini bilmasang, endi bilib ol.
Do'stlaringiz bilan baham: |