BIR CHOLNING NABIY JOYNAMOZIDA IBODAT QILISHNI SO’RAGANI HIKOYATI
Bir chol niyozmandlik bilan nabiydan joynamozingizda namoz o‘qib olay, deb so‘radi.
Xoja unga ruxsat bermadi.
— Hozir qum va tuproq qizib yotibdi,— dedi qariya. — Agar qizib turgan joyga
yuzimni qo‘ysam, kuyib, dog‘ bo‘lib qoladi.
Nabiy dedi:
— Har bir majruxning yuzi quyishi mumkin. Yuzi kuyganlik hech gap emas, dili
kuyganlik fazilatdir. Sajdagohga kuygan dilingni nisor qilsang, haq taolo senga nazarini
soladi. Dardlar maydoniga dog‘li, kuygan dilingni keltirgin, toki ahli dillar dog‘li dilingni
ko‘rib, mardlikni o‘rgansinlar.