TOG’DA YASHAYDIGAN DEVONA HIKOYATI
Tog‘da ajib bir devonai majnun bor edi, yovvoyi hayvonlar, yirtqichlar bilan birga
yashardi. Goh-gohida unda shunday bir hol yuz berardiki, o‘zini butkul unutardi. Iigirma
kun hol ichra bo‘lar, bu shunday hol ediki, uni sharhlash qiyin edi. Yigirma kun tong
sahardan to shomgacha raqs qilib aytardi:
- Ikkalamiz yolg‘izmiz, boshqa hech kim yo‘q. Bunday anduhsiz, g‘amsiz shodlik
kimda bor? Kimning dili U bilan birga bo‘lsa, o‘lmaydi, dilni Unga ber, Do‘stni do‘st
sevadi. Uning shavqiga diling mubtalo bo‘lsa, senga o‘lim ravo emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |