TO’NINI YUVSA OSMONNI QORA BULUG QOPLAYDIGAN SO’FIY HIKOYATI
Bir so‘fiy bor edi, qachon to‘nini yuvsa, olamni qora bulut qoplardi. Bunday holda to‘n
yana qop-qora kir bo‘lardi, qancha yuvsa ham ketmasdi. So‘fiy ishqor olib kelish uchun
baqqol oldiga ketdi, ishqor bilan kirni tozalab yuvmoqchi edi. Shunda qora bulut yana
paydo bo‘lib, olamni zulmat bosdi. So‘fiy dedi:
- Ey qora bulut, yana nega paydo bo‘dding? Ket boshimdan, chunki men ishqor emas,
balki meva sotib olmoqchiman. Men baqqoldan yashirincha meva-cheva olmoqchi edim,
sen qaerdan bilding ishqor olishimni? Sening dastingdan necha marta ishqorni tuproqqa
to‘kib tashladim, endi sendan batamom qo‘limni sovun bilan yuvib qo‘ltuqqa urdim, ket.