Bir shayxning oldida bir iflos it yurardi. Shayx undan hazar qilmas, it kiyimlarini
hidlar, qo‘lini yalar, yonida o‘tirardi. Bir kishi savol berib dedi: «Ey poklar poki ulug‘
shayx, nega sen bu itdan hazar kilmaysan?» Shayx dedi: «Bu itning zohiri palid, bu
mening botinimga ta’sir qilolmaydi. Uning zohirida ayon narsalar bu gadoning botinida
yashirindir. Mening ichim itning tashqarisi kabi bo‘lgach, qanday qilib undan qochayin,
zero bunda ikkimiz barobarmiz?
Ichingdagi palidlik ozgina bo‘lsa ham, yuz najasni yuvsang-da, uni yo‘q qilib
bo‘lmaydi, u seni palidlik sari yetaklayveradi. Bandadagi ozgina palidlik najas, xoh
somon ustiga qo‘y uni, xoh toqqa yuklagil, baribir yo‘lga g‘ovdir.