VOSITIY VA UNING JUHUDLAR GO’RINI KO’RGANI HIKOYATI
Vositiy yo‘lda ketayotib, juhudlar qabristonidan o‘tar ekan, dilida har xil fikrlar paydo
bo‘lar, der edi:
- Bu juhudlar uzrlidirlar, ya’ni ularni kofir deb bo‘lmaydi, ammo buni birovga aytib
bo‘lmaydi.
Bu fikrni bir kuni ovoz chiqarib aytgan edi, bir qozi eshitib qoldi. Qozi g‘azablanib, uni
qozixonaga chaqirdi. Vositiyning so‘zi qozi fahmiga loyiq emas edi, shu bois bu so‘zni
mutlaq inkor etdi, Vositiyni tushunmadi va fikrini qabul qilmadi. Oxiri Vositiy qoziga
dedi:
- Ey qozi, bu vayronkor qavm sening hukming bo‘yicha uzrli bo‘lmasalar-da, ammo
g‘aybni bilguvchi Allohvand hukmi bo‘yicha bu zamon ma’zur - kechirilgandirlar.