www.ziyouz.com кутубхонаси
104
YALANG’OCH DEVONA HIKOYATI
Bir yalang‘och devona qish faslida yo‘lda ketardi, yomg‘ir qor aralash yog‘a boshladi.
Yalang‘och, badani jiqqa ho‘l, sovuqdan titrardi. Boradigan joyi yo‘qedi, yura-yura bir
vayronaga yetib oldi. Vayronaga kirib, pana bir joyda o‘tirgan edi, tomdan boshiga bir
g‘isht kelib tushdi. Boshi yorilib qon oqa boshladi. Shunda u osmonga qarab dedi:
- Qachongacha podsholik nog‘orasini chalasan, bundan yaxshiroq g‘ishting yo‘qmidi
mening boshimga uradigan?
Kimki jonini ko‘ngliga xush yoqadigan mahram deb topsa, daraxt kabi bu yo‘lda
yashnab ko‘karadi. Yo Uning dargohida kamol topadi, yoki bu yo‘lda ko‘ngil devonasiga
aylanadi. Har kimki Ul dilnavoz Yorning devonasi bo‘lsa, ko‘ngli nimani xohlasa, noz
bilan Unga izhor etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |