www.ziyouz.com кутубхонаси
106
O’TTIZ UCHINCHI MAQOLA
BOSHQA BIR QUSH SAVOLI
Boshqa qush aytdi:
- Men toki tirik ekanman, Uning ishqiga loyiq va yarashiqman. Hamma narsadan voz
kechib xoli bo‘lganman, shu bois doimo Haq ishqining lofini uraman. Jahon xalqlarining
barini ko‘rganman, hech kimga bog‘liqlik joyim yo‘q, chunki ulardan aloqani uzganman.
Mening ishim Uning ishqida yonish, xolos. Bunday ishq savdosi har kimning nasibi
bo‘lmaydi. Yor ishqida shunday bandamanki, go‘yo jonim hech narsaga
yaramaydiganday bo‘lib qoldi. Men uchun jondan kechish, Jonon yuzi yodida jomi may
ichish vaqti keldi. Uning jamoli bilan jon ko‘zini ravshan qilib, visoliga yetib, qo‘limni
bo‘yniga qo‘ymoqchiman.
Do'stlaringiz bilan baham: |