Bir intizomli, ammo hayronu sargardon odam bor edi, kecha-kunduz mudom safarda
edi. Unga bir ayyor (javonmard) uchrab qoldi va qo‘lini bog‘lab, uyiga olib bordi, keyin
qilich bilan uning boshini chopmoqchi bo‘ldi. Shu payt ayyorning xotini dilxasta gadoga
bir parcha non berdi. Eri qilich ko‘tarib kelganda, ul bechora gadoning qo‘lida nonni
ko‘rib qoldi. Dedi: ey noshud, bu nonni senga kim berdi? Dedi: bu nonni sening ayoling
berdi. Er bu gapni eshitgach, dedi: seni o‘ldirish bizga harom bo‘ldi (man’ bo‘ldi).
Chunki, bizning nonimizni yegan har bir odamga biz tig‘ tortolmaymiz. Nonimizni yegan
kishiga jonimizni ham beramiz, men qanday qilib uning qonini tig‘ bilan to‘kayin.
Xoliqo, toki (o‘zimni topib), yo‘lingdaman. Sening dasturxoningdan noningni yeyman.
Kimki birovning nonini sindirsa, u bu non haqini esdan chiqarmagay. Sening yuz ming
saxovat dengizing bor, Sening noningni ko‘p yedim, buni hisobga olgin, haq berguvchi