www.ziyouz.com кутубхонаси
66
O’N TO’QQIZINCHI MAQOLA
BOSHQA BIR QUSHNING UZRI
Boshqasi aytdi:
- Behad gunohkorman, gunohli odam u yerga qanday yo‘l olsin? Pashsha kabi
bulg‘angan kishi Qof tog‘idagi Simurg‘ nazariga arziydimi?
Begunoh kishi yo‘ldan bosh tortgandan keyin u Podshoga yaqinlashishga erishadimi?
HUDHUDNING UNGA JAVOBI
Hudhud dedi:
- Ey, gofil, Undan noumid bo‘lma, har zamon Undan lutfu karam tila. Bu ishni oson
deb bilib, sidqidil-dan tilamasang, mushkuling oson bo‘lmaydi, soxta tavbalar bilan u
tomon eshik ochilmaydi. Ammo agar gunohing bo‘lsayu, sidqidildan sadoqat ko‘rsatib,
iltijo qilsang, U tomon yuz eshiklar qarshingda ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |