SO’FIY VA BAG’DODDAGI ASALFURUSH HIKOYATI
Bir so‘fiy Bag‘dod qo‘chalaridan o‘tardi, shunda bir odamning:
- Asalim bor, arzonga sotaman, - degan ovozini eshitdi.
So‘fiy uning oldiga borib dedi:
- Ey falon, hech narsani hech narsaga berasanmi?
Asalchi dedi:
- Nari tur, sen devonamisan, hech jahonda hech narsaga bir narsa beradimi?
G’oyibdan ovoz keldi:
- Ey so‘fiy, turgan joyingdan bir qadam pastga tushib, xonaga kir, men hech narsa
uchun istagan narsangni beraman. Allohning rahmati munavvar quyoshdir, u barcha
zarralarni yoritadi. Uning rahmatini ko‘rkim, bir kofir kishi uchun Payg‘ambar bilan ham
e’tirozga bordi.**
Do'stlaringiz bilan baham: |