www.ziyouz.com кутубхонаси
41
O’N IKKINCHI MAQOLA
SA’VANING UZRI
Nimjongina, tani ozurda, titrab-qaqshab Sa’va o‘rtaga chiqdi. U boshdan-oyoq
yonayotgan olovday beqaror edi. Dedi:
- Men hayron, ojiz bir qushchaman, hushim o‘zimda emas, quvvatu qudratim yo‘q.
Qo‘llarim soch tolasiday ingichka, oyoqlarimda mador yo‘q, zaiflikdan chumoliday bo‘lib
qolganman. Menda qanot ham, par ham yo‘q. Shu ahvolda Simurg‘ huzuriga
yetamanmi, ey aziz? Simurg‘ oddiga bu ojiz qushcha qachon borib yetadi, Sa’va
Simurg‘ga yetadi deb kim aytadi?
Dunyoda Uning talabgorlari ko‘p, men kabi nochizga uning vasli yo‘l bo‘lsin. Uning
visoliga yetishishga qudra-tim yo‘q, bu yo‘lni bosib o‘tishga majolim ham yo‘q. Agar men
Uning dargohiga yuz bursam, yo‘lida yo o‘laman, yoki yonib ketaman. Men unday baland
maqomga loyiq emasman, Yusufimni quduq ichidan izlarman, xolos. Quduqlarda
Yusufimni yo‘qotganman, o‘shani topsam - murodimga yetardim. Agar Yusufimni
quduqda topsam, u bilan oygacha uchib chiqardim.
Do'stlaringiz bilan baham: |