www.ziyouz.com кутубхонаси
153
shuki, o‘lmasimdan avval bir marta shahzodaning go‘zal jamolini ko‘rsam, shundan
so‘ng yuz ming jonim bo‘lsa ham berishga roziman. Podshohim sensan, ey ilohim,
bandalaring hojatini berguvchi (hojatxoh) o‘zingsan, oshiq ham o‘zing, ishq uchun jon
olguvchi ham o‘zing. Sening bandangman, agar oshiqligim kofirlik bo‘lsa, mayli menga
jazo bera qol. Sen yuz minglab hojatmandlarning hojatini ravo kilasan, shular qatori
men bandangning hojatini ham ravo qil, maqsudimga yetkiz.
Ishq yo‘lida zulm ko‘rgan (mazlum) darvesh shu tariqa Allohi taolodan hojatini tiladi
va ko‘z oldi qorong‘ilashdi.
Shu yerda pinhon - yashirinib turgan vazir bu so‘zlarni eshitib, gadoning dilidagi
dardini tushundi va faqirga hamdard bo‘ldi. Podshoh qoshiga bordi va yig‘lab turib,
gadoning Haq taologa qilgan munojotini unga aytib berdi. Sajda holatida darvesh
hojatini so‘raganini aytdi.
Podshoh aftodadil bechora darveshning dardini tushundi, bu hol unga xush keldi va
gunohkorni afv etdi. Shahzodani xoli joyga chaqirib, darveshning dardu holini
tushuntirdi: «Darvesh sening oyog‘ingga bosh qo‘yishni orzu qilar ekan, sen hoziroq dor
ostiga bor va gadoning ko‘nglini ol, sargashta bemorning dardiga davo qil, yaxshi so‘zlar
aytib, uni mustamand qil, sen bedilga u dil beribdi, qahringni totgan odamga lutf qil,
zahringni totgan odamga rohat bag‘ishla (do‘stlik qil). Diling raxshini (tulporini) gulshan
tomon bur, so‘ng huzurimga qaytib kel.
Yusufjamol shahzoda otasining farmoniga itoat qilib, darvesh gadoning oldiga, dor
ostiga borib, uning yoniga o‘tirib, uni visolidan bahramand qildi. Bu otashin xurshid yuzli
yigit, bu ichi gavharlarga to‘liq daryo bir qatra suvi bilan o‘likni tiriltirishga, bemorning
boshini o‘z tizzasiga olib, yupatishga chog‘landi.
Shahzoda dor ostiga borganida qiyomat qo‘zg‘algandek bo‘ldi. U darvesh gadoni
halokat yoqasida ko‘rdi, sarnigun-egik boshi tuproqyuzida edi. Uning qonli ko‘z
yoshlaridan go‘yo tuproqda gullar ochilganday edi. Olamdagi barcha qayg‘u-
hasratlarning hosili go‘yo shu yerda edi. Darveshning bu ahvolini ko‘rgan shahzoda ham
o‘zini yo‘qotdi, qonli tuproq ustiga yiqildi. Uning ko‘z yoshlari qonli tuproqni ho‘l qildi.
Shahzoda sipoh ko‘zi oldida yig‘lashdan uyalib, yashirin yig‘lab, oh tortmoqchi edi.
Lekin shu vaqt beixtiyor ko‘zidan yoshi ravon bo‘lib, yuz ming dardining dalasi hosil
berdi.
Har kim ishqiga sodiq bo‘lsa oxiri ma’shuqi uning boshiga keladi. Ey inson (F. Attor),
agar senga ishqda sodiqlik nasib etsa, ma’shuqing sening ham qoshingga keladi. Oxiri
xurshidsiymo shahzoda gadoning boshini tizzasiga olib, lutf ko‘rgizib, xush keluvchi,
yoqimli so‘zlar aytdi. Gado shahzodaning ovozini eshitib, uning yuziga uzoqboqdi. Ishqda
barcha yo‘llarning tuprog‘i bir bo‘ldi-yu, shahzodaning yuzini ko‘rish bir bo‘ldi.
Yonib turgan o‘tni daryo suviga tashlasalar, daryo uchun buning ta’siri kam bo‘ladi.
Shu tobda darvesh otash bo‘ldi-yu, daryoga (shahzodaga) yaqin kelib, unga dedi:
— Ey shahriyor, jonim og‘zimga keldi, men sening qo‘lingda o‘lishni orzu qilgan edim,
maqsudimga yetdim.
Shu so‘zlarini aytib, darvesh jon taslim qildi, go‘yo u bu olamga sira kelmagandek edi.
Bir na’ra tartib, xursandlik bilan ma’shuqiga jon baxshida qildi.
Dilbarning visoliga yetgan odam unga jonini berish neligini biladi. Haq visoliga
yetishgan odam mutloq foniy bo‘lib, o‘zligini yo‘qotadi.
Soliklar dardi ishq daryosiga sho‘ng‘ib, fano bo‘lish — yo‘qolish nimaligini yaxshi
biladilar. Ey sen, vujuding yo‘qlik bilan (jonsiz loy bilan) birga bino bo‘lgan, lazzat-
rohating alam-g‘am bilan aralash qilib qorilgan, zeru zabar bo‘lib, yo‘qolish muddati
kelgunicha o‘z vujuding — ruhingdan xabar top. Kutilmagan barq — yashin chaqinidan
o‘lsang qo‘ling ochiq ketadi.
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |