SAVDOGAR VA UNING OLTIN QASRI
Bir savdogar oltin bilan ishlangan ajoyib saroy qurdi. Saroyi qurilib bitgach, xaloyiqqa
to‘y bermoqchi bo‘lib, hammani saroyga chaqira boshladi. Odamlarni yuz g‘urur va
maqtanchoqlik bilan uyiga da’vat qilardi, saroyini ko‘rsatib, maqtanishni istardi. To‘y
kuni savdogar o‘zida yo‘q xursand, ko‘chalarda ot choptirib yurardi, to‘satdan bir devona
uni ko‘rib qoldi.
Devona dedi:
- Ey betamiz, hozir yugurib borib, saroying ichiga bavl qilmoqchi edim, ammo hozir
bir ish bilan mashg‘ulman, meni kechir.
Shunday deb o‘tib ketdi, odamlar uning so‘ziga qotib-qotib kuldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |