* * *
“Jannat onalar oyog’i ostidadir”.
(“Hadis”)
* * *
“Ota - onasi o’lgan odamni emas, odob - axloqi bo’lmagan odamni yetim
de:”
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Onangdan bosh tovlama, oshmasin dardi,
Sharaf toji erur oyog’in gardi”.
Abduraxmon Jomiy
* * *
“Otaga itoat qilish - Ollohga itoat qilishdir. Otaga osiy bo’lish – Ollohga
osiy bo’lishdir”.
(“Hadis”)
* * *
“Otang qozi bo’lsa ham, gunoh ish qilma”.
(“Otalar so’zi”)
Ushbu hikmatlarni xohlagancha davom ettirish mumkin. Sizning asosiy
vazifangiz tarbiyalanuvchilarni odobli qilib tarbiyalash va iloji bo’lsa quyidagi ikki
hikmatni yod oldirish, hyech bo’lmaganda ularning mazmun - mohiyatini ular
qalbiga joylashdan iborat:
* * *
“El rizosin sen agar qilsang talab,
Boadab bo’l, boadab bo’l, boadab!”
* * *
“Odob ila sen ulug’lik olgin,
Hikmat gavharin qo’yningga solgin”.
65
Do'stlaringiz bilan baham: |