36
* * *
“Rejali ish buzilmas. Rejasiz ish-qolibsiz g’isht”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Nimani
xor qilsang, shungga zor bo’lasan”.
(“Xalq maqoli”)
* * *
“Pulni
qanday topishni emas, uni qanday sarf qilishni biling”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Pulni
ishlatsang ozayadi, aqlni ishlatsang sayqal topib ko’payadi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Ko’p yeyish oz yeyishdan ham mahrum qiladi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Muhtojlik hiylalar eshigini ochadi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Och boydan to’q it yaxshi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Har qanday narsada isrofgarchilik bo’lishi mumkin,
ammo yaxshilik
qilishda u bo’lmaydi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Shamni kunduzi yondirgan odamning tuni qorong’u bo’ladi.
Pulni behuda isrof qilgan odam og’ir kunda xor bo’ladi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Mol-mulkini
behuda isrof qilish aqlsizlik, boylikni o’ylamasdan
sarflash
tanazzul alomatidir”.
Do'stlaringiz bilan baham: