www.ziyouz.com
kutubxonasi
88
ertangizdagi eng yaxshi kechgan fursatdir va siz uni hozirning o‘zida qadriga
yetmayotgandirsiz balki? Bu faqat to‘rning navbatdagi uyasi kabi keyingi toshdir va yo
avvalgisining haqiqiy qimmatini ko‘rsatib beradigan qaydlarning navbatdagi bobi bo‘lsa
ne ajab? Lekin kelayotgan kunda yana qanday ko‘rguliklar bizni kutib turibdi ekan?
122
Bugun majburiy bayram ibodatidan keyin xonamga qaytib kelsam, qaydlar daftarimning
oxirgi sahifasiga Li ingliz tilida bir parcha yopishtirib ketibdi:
«Qirg‘iz oqini Tardush Inonchi Chor tulki ovlovchilar tegmagan yagona xabarchi edi. Uni
telbaga chiqarib qo‘yishgan, sababi u o‘z so‘zlarini toshga o‘yib yozishlariga toqat
qilolmagan va shundan buyon qaytib birorta so‘z yozmagan edi. Dono Tongyuquq
o‘zining Katta Qaytishini bajarar ekan, yaxshiroq josuslik qilish uchun o‘zini telbalikka
solib yuribdimi-yo‘qmi, shuni aniqlash uchun Tardushni huzuriga chaqiradi. Inonchi Cho‘r
har galgiday jim va g‘amgin edi.
U o‘z aksini qariya orqasida ko‘rgancha Tongyuquqning qarshisida turardi. «Muncha
katta oyna» deya o‘yladi u, tushimmi-o‘ngim? Lekin birdan uning aksi Baxshi duosini
kuylashga tushdi:
«Bizning Xonimiz Qizil Tog‘ning ustida! Muqaddas Bibi Maryam Ho‘kiz Tog‘ning ustida!
Muqaddas Ho‘kiz Qo‘chqor Tog‘ning ustida! Muqaddas Inson, kel, Katta Bug‘udan chiqib
kel, Yerdan chiqqan Ajdahodan chiqib kel! Agar «O'lik!» desam, «O'lik!» de! Agar
«Tirik!» desam, «Tirik»! de...
Bechora Tardush Inonchi Chor ajdaho qarshisidagi qo‘zichoqday qaltiradi va aksi
kuylashni to‘xtatgan zahoti qo‘rquvini ichiga yutib, bo‘g‘iq ovozda qichqira boshladi,
chunki uzoq muddat ovozini chiqarmay yurgandi.
«Osmon Shohining o‘g‘li bir kuni Yerga tushdi. U dunyoning ikki qismida ham nazorat
o‘rnatishni istagandi. U yer ostidagi yetti qatlam orqali o‘tib, ularni va ularning
qo‘riqchilarini istilo qildi. Lekin Yer osti Shohining Qizi Qora Tulkiga aylanib, yosh
yigitlarni Yer ostiga olib tushdi va otasining jamg‘armasini ko‘paytirib, ularni o‘ldirdi. U
Osmon Shohining O'g‘lini tovlanuvchi rangin terisiga oshufta aylab, o‘ziga og‘dirib oldi.
O'g‘il ham unga oshiqu beqaror bo‘ldi. Lekin qiz sevgisi uchun uning jonini so‘ragan edi,
o‘g‘ilning oti pishqirib, sakrab yubordi. Shunda qiz jonining o‘rniga uning otini
so‘raganda, Osmon Shohining o‘g‘li shunday dedi: «Bir yigitda bir jon, bir sevgi va bir ot
bo‘ladi, agar u bir uchun ikkini bersa, o‘zida bor hamma narsadan ayriladi!» Shu so‘zlar
bilan o‘z sevgisiga yakun yasadi va otini bo‘sh qo‘yib, tubsiz jarlikka quladi va unda o‘lim
topdi. Shundan buyon Quyosh ot choptirib, Tun esa Qora Tulkiday momiq yulduzlarning
ranglari bilan o‘ynashib yuradi, biroq ular hech qachon bir-biri bilan ko‘rishmaydi...»
«Naqadar chiroyli, shunday emasmi?» - deb yozgandi Li so‘nggida, lekin men hikoyaning
go‘zalligi haqida emas, ko‘proq uning tag ma'nolari to‘g‘risida o‘ylayotgandim va ular
serob edi...
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |