www.ziyouz.com
kutubxonasi
85
117
Nihoyat Venetsiyada (ko‘nglimning yolg‘iz yupanchi!) o‘zimning «bella ragazza»mni
topdim. U provintsiyalik italyan qiz bo‘lib, davrlar va yo‘llar tutashgan chorraha - Iosif
Brodskiy qatnashgan Xalqaro anjuman ishtirokchisi edi. Garchi she'riyatning katta
shaydosi bo‘lmasam ham, ayol ko‘nglining nozik torlarini chertish yo‘lida undan qanday
foydalanishni bilaman. Qolaversa, bir gal Brodskiyga Nyu-Yorkdagi adabiy simpoziumda
tarjimonlik ham qilganman.
Men o‘zimni ilhom og‘ushiga olgan damlarda juda yoqtiraman. Dabdabali qayiqda
o‘tirarkanman, bu dunyoda har kim o‘z ismining sehrli merosini ko‘tarib yurishga
mahkum, deya badiiy o‘qishga berilib ketaman, shunga o‘xshab, Brodskiyning hayotida
o‘z Vatanining turmasidagi quduqqa tashlangan Sohibjamol Iosifning aksini ko‘rish
mumkin, keyinchalik u o‘z mamlakatidan tashqarida shuhrat topdi va avval dushman
bo‘lgan birodarlari uning kuch-qudratini tan olishga kelishdi. Gertsoglar saroyi va turma
o‘rtasidagi «Chuqur Nafas Ko‘prigi»dan o‘tganimizda, aytganimday, dengiz yuzasiga
chiqdik. Men Saltanatlar mavzusiga batafsil to‘xtala boshladim va qolgan boshqa barcha
imperiyalarga qarshi o‘laroq, sovet imperiyasi bo‘sh hokimiyat ustiga qurilgan
mafkuraviy va quruq imperiya ekanini aytdim. Bu xayoliy bir imperiya edi. Shuning
uchun ham yozuvchilarning roli unda g‘oyat buyuk edi. O'sha buyuk kuch ustidan
g‘alaba qilishning ko‘pgina yo‘llari bor edi va ularning birini Brodskiy topgan: uning erkin
xayollari rus she'riyatining an'anaviy shakliga qarshi qo‘yilgan. «O'z xohishiga qarshi
borish»dan xolilik uning she'riyatiga xos asosiy qoida edi.
Bular chindan ham men Nyu-Yorkda tarjima qilganim Brodskiyning g‘oyalari edi, lekin
Marsellam uchun ular qandaydir yangilik bo‘ldi. U bularning barini xalqaro anjumanda
hamkasblari bilan o‘rtoqlashish uchun yozib oldi. Qayiqchi bizni suratga tushishga taklif
qilganida, u jon deb tezroq undan qutulish uchun fotoapparatini tutqazdi va DNK tuzilishi
haqidagi so‘zlarimni boshlagancha, Grand Kanal tomonga burilib ketdik. Bilasiz, kasbim
tufayli keraksiz bilimlarga to‘lib toshganman: masalan, DNK chizig‘i to‘rt unsurdan
tashkil topganligini bilaman, bular DNK zanjirini yuzaga keltiradigan sulfonatlar, spiral
hosil qiladigan ikkita bir-biri bilan bog‘langan zanjir va bu spirallar o‘zaro bog‘lanib hayot
asosi uchun to‘rtinchi bosqichni tashkil qiladi. Brodskiy she'riyati ham shunga
o‘xshaydi...
Marsella mendan DNK tuzilishini chizib berishni so‘radi. Men uning rasmini hech qachon
ko‘rmagandim, chunki faqat so‘zlarni tarjima qilaman xolos, shu bois oldindan
tayyorgarliksiz, Venetsiya daryo va kanallari sxemasini chiza boshladim, biroq Marsella
bundan bexabar, naqadar o‘zini baxtiyor sezardi...
Shu orada mayin shabada suhbatimizga qo‘shilishni istagan ko‘yi sochlarimizni tortqilay
boshladi.
Qayta eslayotganim uchun ma'zur tutgaysiz, xullas o‘sha kuni gaplarimiz bir-biriga
ulanib-ulanib, suyukligim Venetsiyada hozir ham suv uzra uchib borayotgan qayiqdagi
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |