www.ziyouz.com
kutubxonasi
84
boshlangan, lekin juda uzoq davom etajak. Aytadilar-ku: «Hamma narsa Tangrining
irodasiga bog‘liq. Omin!»
May kunlarining birida, kechqurun Ponte Rialto yaqinida Luk bilan g‘aroyib shirinlikni
«Muscato Siciliano» bilan qo‘shib yeb o‘tirarkanmiz, o‘sha asirga tushgan sayyohning
aniq nimani nazarda tutganini muhokama qilardik. Uning har bir so‘ziga urg‘u berishga
intilsak-da, lekin ular «betartib yo‘lakli boqqa» o‘xshar, bu esa ikki yil asirlikda yolg‘iz
yashashni va o‘sha qadimgi uyg‘ur tilida yozilgan venetsiyalik kishi maktubining asl
ma'nosini bilib olishni talab etdi...
116
Yo‘q, adashmadim, bugun asirligimning roppa-rosa bir yuzu o‘n oltinchi kuni.
Li qishloqqa qaytganidan keyin jangarilar soni ortganini sezdim. Ular o‘rtasida nima sodir
bo‘lgandi? Shuni aytishim kerakki, ishonchsizlik asirlikdagi eng yomon narsadir. O'z
shubhalaringga g‘arq bo‘larkansan, keyingi lahzada yuqoriga suzib chiqasanmi-yo‘qmi
bilolmaysan. Bu men uchun xavflimi yo xavfsiz? Liga nisbatan qanday munosabatda
bo‘lmog‘im kerak?
Avvalgi kuni u tolibonlar haqida so‘raganida, ularning bolsheviklarga o‘xshab bir kechada
o‘z jamiyatlarini o‘zgartirishni istashganini aytganimda, xoxolab kulib yuborgandi.
Bundan ruhlanib, aytdimki, afg‘on jamiyati qashshoqlashib boryapti, bu qaymog‘i
olingan sutga o‘shaydiki, u qaymoqning ham yupqaligiga shubha yo‘q. Li bu fikrni ham
ma'qulladi. Men gapimni davom ettirib, tolibonlarning o‘zlariga ishonchlari
haminqadarligi sabab aldanganliklarini aytdim. Lekin ular yosh bo‘lib, shuning uchun
ham radikal edilar, hatto eronlik Oyatullohlar ular oldida tish-tirnoqsiz sherga o‘xshaydi;
ikkinchidan ular yangi kelganlardi va kelgusi yigirma yilda hukmronlik qilishlari mumkin;
uchinchidan, noan'anaviy tarzda hamma narsaga qiziquvchan va ruhoniylik nuqtai
nazaridan istalgan muammoni muhokama qilishga tayyordirlar ular; to‘rtinchidan,
intiluvchandirlar va shu bois ishontirish qiyin va hokazo...
Munday olib qarasa, bu sifatlarning aralashmasi qaysidir darajada Lida ham aks etgandi.
Chunki oxiri u yuz qiyofasini o‘zgartirmasdan «Bilasanmi, Tolibon hududlarida ularning
tayyorlov bazalari mavjud», dedi va davom etdi: «Lekin sen qaydlaringda o‘z
kuzatishlaringdan foydalansang bo‘lardi».
Bu nima degani: qo‘rquvmi yo shunchaki bir maslahat? Bunga o‘xshash arzimas
bayonotni o‘nlab boshqa millat va jamiyatlar to‘g‘risida ayta olgan bo‘lardim. Masalan:
«bo‘lmoq»dan ko‘ra «tuyulmoq» muhimroq bo‘lgan frantsuzlarning ichi bo‘shligi, hech
qachon ko‘rsatmaydigan, lekin bajaradigan nemislarning mustahkam ichki dunyosi, o‘nta
imkoniyatdan biri tavakkalli bo‘lsa ham hech narsa qilmaydigan inglizlarning
ehtiyotkorligi, Ellin ilohiyotini Semitik pravoslaviega aylantirgan greklar, arablarning
takabburligi, janjalkash ruslar, o‘zini kamtar ozchilikday ko‘rsatadigan bir yarim milliard
xitoyliklar...Bas! Yetar endi. Lekin ularning birortasini o‘z o‘rnimda ko‘rishni istardim, ha
menga g‘amxo‘rlik qilmaydigan, aksincha o‘sha adashgan Li va uning shaykasi bilan bir
yuzu o‘n olti kunim ustidan bosim o‘tkazadigan aqalli birortasini...
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |