www.ziyouz.com
kutubxonasi
80
Oyun holatimni sezdimi-yo‘qmi, bilmayman, lekin ba'zan javobgarlik hissini yo‘qotib
qo‘yaman. U meni markazdagi mehmonxonaning qarshisida qoldirib, «Yordam kerak
bo‘lsa, qo‘ng‘iroq qilarsiz», deya telefon raqamlarini berdi. Lekin u payt bir narsadan
bo‘lak hech narsani o‘ylamasdim. Unga nimadir deb pichirladim, balki bu uning kamtarin
yordami uchun minnatdorchilik edimi, esimda yo‘q. So‘ng mehmonxonaga kirib ketdim.
Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, kotiba qiz xonimni ko‘chaga chiqib ketdi va uch kundan
keyin bo‘ladi, deb aytmadi, balki darhol Irma bilan bog‘lab berdi va mening asalimning
ovozi eshitildi: «Eshitaman...» Ayolni ayol qiladigan narsa nima ekanini bilasizmi? Uning
ovozi. Siz yuzingizga upa-elik surtib, go‘zallashtirishingiz, qomatingizni o‘zgartirishingiz,
ko‘kraklaringizni kattalashtirishingiz mumkin, lekin hech qachon ovozingizni
soxtalashtira olmaysiz. Irmaning ovozi mayin va rom qilarli darajada shirin edi.
U o‘z xonasida ekan, betoqatligimni ko‘rsatmagan holda uni pastki qavatdagi
qahvaxonaga taklif etdim. U zavqimga zavq qo‘shib, suhbatga jon deb rozi bo‘ldi.
«Aytadigan gap ko‘p»,-dedi u va men u nimani nazarda tutganini tasavvur qildim.
Shunday qilib, o‘n daqiqadan keyin pastda ko‘rishishga kelishdik. Shu daqiqalar ichida
turli holatlarni o‘ylagan holda nafsimni tinchlantirib turdim. Qisqasi, o‘n daqiqa o‘n yil,
o‘n asrga cho‘zilganday bo‘ldi.
Axiri Irma ortimda paydo bo‘ldi. Avval uning qo‘ng‘iroqday ovozi eshitildi, so‘ng unga
qaragan edim, xoh ishoning, xoh ishonmang, u rohibalarning kiyimida kulib turardi.
«Bunisi yanada qiziq», deb o‘yladim men.
Biz qahvaxonaga kirib o‘tirdik, men uning ro‘moliga qarab: «Tishingizga biror nima
bo‘ldimi?» deb so‘radim. «Yo‘q». Men jinni bo‘lib qolay dedim, chunki u: «Biz bu yerga
umumjahon universal dini delegatsiyasining bir qismi sifatida keldik», dedi. «Sen
ularning tarjimonimisan?»- umid bilan so‘radim men. «Yo‘q, men delegatsiya
rahbariman. Biz...aniqlayapmiz... o‘z maqsadlarimiz bor... universal ishonch...
e'tiqodimizga ko‘ra... mo‘ljallayapmiz..., qisqasi shunga o‘xshagan gaplar. Men uning
so‘zlarini bo‘lmasdan, diqqatini ja'm qilgan o‘quvchiday berilib eshitdim, u esa bundan
zavqlanib so‘zlardi.
O'sha yerda va o‘sha payt ko‘p narsaga chiday olishimni angladim. Aslida bu na
Blavatskizm, na Gurjizm yo Oshoizm va yoxud boshqa «izm»lar, balki haddan ortiq
notabiiy ayollar ta'limotizmi haqida ediki, barcha boshqa narsalarni qo‘shib hisoblaganda
ham mening uchun qo‘rqinchliroq edi.
112
Nafsilamrini aytganda, bu men ko‘rsatishga uringanimchalik keskin emasdi. Ba'zi
o‘rinlarda uning nasihatomuz gaplariga chek qo‘yib, suhbatimizni yakunlagim, yumshoq
o‘rinda emas, masalan, qahvaxona hojatxonasida bo‘lsa-da, mazza qilgim keldi. Biroq,
uning g‘azablanishi emas, balki qandaydir bir horg‘inlik hayvoniy va shahvoniy istagimni
tiyib turishga sabr va kuch berdi. Avval uning da'vatlari ko‘nglimga xush yoqayotgani, u
yuz yillar avval bo‘lgan bosqichda turganimni bildirishga tirishdim. Xudo Irmadan rozi
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |