www.ziyouz.com
kutubxonasi
79
Oyun bu aniq va sirli birodarlik hikoyasini aytib berar ekan, shunga o‘xshagan
munosabat mening ham boshimdan o‘tganini his etdim...
111
Li bu hikoyani eshitib shunday dedi: «Biz ham shunday vaziyatda emasmizmi?» Men bir
oz taraddudlanib qoldim va uyalib ketdim, chunki buni aslo xayolimga keltirmagandim.
«Nima demoqchisan?»- so‘radim undan. «Shunchaki bir gap» - javob berdi u va gapni
boshqa tomonga burdi. «Bilasanmi, ular seni haliyam josus deb o‘ylashyapti», - deya
eshik tomonga ishora qildi u jangarilarni nazarda tutib. «Nima?! Nima deding?» -
so‘radim men jahlim chiqib. Lekin tezda o‘zimni bosib oldim, esimga qo‘rqqan oldin
musht ko‘tarar, degan gap tushib ketdi. Men Lining o‘zini nazarda tutyapman, chunki u
birinchi bo‘lib hujumga o‘tdi: «Sen juda ko‘p mamlakatlarda bo‘lgansan, qanchadan-
qancha odamlar bilan ko‘rishgansan, o‘nlab aloqalaring mavjud, shuning o‘zi g‘alati
emasmi?»- so‘radi u. «Sen buni qaydan bilasan?» «Bas qil, bu dunyoda yashirin biron
narsaning o‘zi yo‘q. Bir kishiga ma'lum narsa hammaga ayon bo‘ladi! Shuni
bilmasmiding?» Men hech nima demadim.
Nima ham derdim? Uni josus deya shubhalandimmi? Shu bilan men, u va yo jangarilar
uchun biror narsa o‘zgarib qoladimi? Bilmadim nimaga, lekin keyin unga shunday dedim:
«Bilaman, hozir odamlar o‘z qarashlari va hayotlarini o‘zgartirmoqdalar», - va birdan
unga quyidagi hikoyani ayta boshladim:
«Mo‘g‘ulistonda bo‘lganimda, Oyun shunday degandi: «Bilasizmi, Ulan-Batorga maxsus
ish bilan kelgan bir tilmoch ayol sizni bilar ekan...» Miyamga birinchi kelgan so‘z
«Fiona!» bo‘ldi. Ha, Fiona! «U uzun bo‘ylimi?»-so‘radim. Bu bema'ni savol edi, xuddiki
men uni Oyunnning o‘zi bilan solishtirayotganga o‘xshadim, lekin Oyun tezda javob
berdi: «Yo‘q, o‘rta bo‘yli». «Uning ismi Irmami?» - so‘radi Oyun past ovozda. «Ha,
Irmami...» - yuzimda hafsalam pir bo‘lgani yaqqol sezildi, chunki Oyun yana qayta meni
ruhlantirishga intildi: «U judayam chiroyli ekan!»
Men odatda ayollarga xos masalalarni boshqa ayollar bilan muhokama qilishni
yoqtiraman: ularni bilib olishning eng maqbul yo‘li shu. Birinchidan, bunda vaysaqilik
kerakmas, chunki bu boshqa bir ayol haqida, ikkinchidan, o‘zingiz suhbatlashayotgan
ayolda yaxshi taassurot qoldirishga intilasiz, uchinchidan, suhbat asnosiga qarab,
o‘zingizni o‘zgartira olasiz, to‘rtinchidan, u ayol u yoki bu sharoitda o‘zini qanday tutishi
haqida gapirib, barcha sirlarini oshkor qilib qo‘yadi, beshinchidan, oltinchidan va hokazo.
Lekin men Oyun bilan hech kimni muhokama qilmoqni istamadim. Balki bunga uning
sirliligi sabab bo‘lgandir.
Ikki kun ichida qo‘ylarni ommaviy ravi
щ
da so‘yib turishguncha, biz Ulan-Batorga ketdik.
Men qochoq echkiga o‘xshab, «qo‘zichog‘im» bilan ajoyib tunlarni o‘tkazishni orziqib
borardim. Shovqinli vertolyotimizda unga qanday qilib tegishim, oppoq, sovuq yelkalari,
boshqa joylarini silashni xayolimga keltirdim, nafasim illyuminatorni xiralashtirar va
hech qaerga qaramasdan o‘tirardim...
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |