Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz www.ziyouz.com



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   111
Bog'liq
kok turklari asiri

109


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
78
Tongyuquq Ichi Lyang degan bir odam ostida yashiringan o‘sha xitoylik egizaklar - Chjan 
Kuy va Lyu Syan haqida xabardor edi. Lekin u o‘z dushmanining kuchini o‘ziga og‘dirib 
olishni yaxshi bilardi: ikki bor joyda uch ham bo‘lishi kerak. U Tatabbu qabilasidan o‘sha 
ikki xitoylikka ikki tomchi suvday o‘xshaydigan odamni topdi. Buning ustiga bu jangchi 
xitoy tilining «mandarin» dialektida juda yaxshi gapirardi. Tongyuquqning o‘zi unga 
saboq berdi va u tayyor bo‘lgach, tulki ovlovchilar qizi Pobeka va nabirasi Yo‘llukni taklif 
qildi. Bu Bilga-Hoqonnning o‘limi arafasida sodir bo‘ldi. Har ikkilari Ichi Lyang kabi 
uchinchi odamga murojaat qilishdi. 
Kyule Hukmdorni zaharlagan kun va Chjan Kuy Hukmdorning chodiri atrofida uning 
o‘quvchisi Shahzoda Yo‘llukni axtarayotgan ko‘yi tentirab yurganida, uchinchi odam 
chodirga yuboriladi hamda maxsus signaldan so‘ng Lyu Syan burchakdan chiqadi va 
«Chjan Kuy» deb chaqiradi. Lyu Syan uchinchi odamdan hammasi rejaga asosan 
ketyaptimi-yo‘qmi deya so‘raydi, ya'ni Sahro Hukmdori o‘ldimi yoki ular fursatni qo‘ldan 
bermay harakat qilishsinmi? Shundan so‘ng ular batafsil reja tuzib olishadi va buning 
natijasida xitoylik egiz Tongyuquq odamlari tomonidan qo‘lga tushiriladi.
Keyinroq, Chjan Kuy chodirga keladi va maxsus signaldan so‘ng uchinchi odam 
burchakda ko‘rinadi hamda Chjan Kuy unga «Lyu Syan» deya murojaat qiladi. U Sahro 
Hukmdori zaharlangani va Ko‘k O'g‘li tuzgan rejaga ko‘ra ularning o‘quvchisi Shahzoda 
Yo‘lluk taxtni qabul qilib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgani, shu bois, zudlik bilan barcha 
rejalarni hal qilib olish lozimligini aytadi... 
Uni ham qo‘lga olishadi. Egizaklar o‘rniga kelgusi rejalarga to‘liq birgina turk Ichi Lyang 
qoldirilgandi... 
110
Oyun Ko‘k Turklari tarixini yaxshi bilardi, bu menga g‘alati tuyuldi, chunki mo‘g‘ullar 
odatda Chingizxon tarixidan o‘zlarini yiroq tutishadi. Lekin u menga mutlaqo notanish 
bo‘lgan bir necha manbalarni keltirdi va hatto mo‘g‘ullar va Ko‘k Turklari tarixi 
o‘rtasidagi mutanosiblikni ko‘rsatib berdi. U Chingizxon bo‘lishidan avval Temuchin va 
Jamuha o‘rtasidagi sirli birodarlik to‘g‘risida so‘zladi. Natijada men «Mo‘g‘ullarning sirli 
tarixi» kitobini o‘qidim va kunlarning birida Sahroning qoq o‘rtasida yuzma-yuz 
ko‘rishgan va qondosh aka-ukaga aylangan ikki raqobatchi haqida bilib oldim. Ular bir-
birlariga sodiq qolishga va o‘lguncha yordam berishga so‘z berishadi. Biroq ularning 
qondoshligi ko‘plab sotqinlikdan iborat bo‘ladi: bir-birlariga qarshi kurash, ochiqdan-
ochiq dushmanlik, buning natijasida Temuchinning Jamuhani qatl etishi... Shu voqeadan 
keyin Temuchin buyuk Chingizxonga aylanadi va mo‘g‘ul dashti va o‘rdani birlashtiradi. 
Lekin Oyun menga ularning munosabati - birlashgan va kuchli dasht haqqi 
jentlmenlarcha tuzilgan shartnomaning yashirin tarixini aytib berdi. Jamuha chindan 
ham o‘la-o‘lguncha Temuchinga sodiq qoladi va buni Temuchin jallodining tig‘i ostidagi 
o‘limi bilan isbot etadi. Lekin avval o‘zini o‘z qondosh birodarining dushmani kabi tutadi. 
U haqiqiy dushmanlar bilan ittifoq tuzadi va Temuchin ularning barini yakson qiladi. 
Aslida Jamuha Chingizxonning kelajagi haqqi josuslikka qo‘l urgan va Chingizxon har 
doim Jamuhasiz dashtning buyuk Hukmdoriga aylana olmasligini yaxshi bilardi. 


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish