www.ziyouz.com
kutubxonasi
74
pastga tushmasligiga ishontirishadi. Ular birinchi qavatni nazarda tutishyaptimi va yo
umuman, yernimi - bu tilshunoslikning siri bo‘la qolsin.
Mana endi bilgandirsiz rasmiy safarlarni yoritib boradigan jurnalist bo‘lish qanaqaligini?
Bir so‘z bilan aytganda, u asirdir. U holda asirning tarjimoni bo‘lgan siz kim bo‘ldingiz?
Nochor xayollarga berilib turarkansiz, lift ichida osmondan tushgan farishtaday bo‘lib
raisning qorasi ko‘rinadi. U shu qadar baxtiyorki, bu holida g‘amginlar bilan suhbatlashib
o‘tiradi deysizmi? Shunga qaramay, biz har kuni o‘nlab, balki yuzlab uchrashuvlar
bo‘layotganini ko‘ramiz, o‘qiymiz va eshitamiz.
O'sha yerda va faqat o‘shandan keyin jurnalist va diplomat orasidagi farqni tushunib
yetdim. Jurnalist yo‘qdan bor qilganda, diplomat hatto borni ham yo‘qqa chiqarar ekan.
104
Meni ma'zur tutgaysiz, lekin siz o‘ylagandan aqlliroqman deyishga haqliman. Nega sizga
bularni - turli mamlakat va joylardan bir qarashda tasodifiy bo‘lgan lirik chekinishlarni
keltiryapman? Konus qonunini bilasizmi? Avval hammasi noaniq boshlanadi, so‘ngra
qizillik, yana va yana, bosim ko‘tariladi va oxiri bir nuqtaga zarba beradi. Shundan keyin
zarbaning kuchini tasavvur qila olasiz.
Agar shu o‘rinda sizga makon ustidan g‘alaba qilgan, lekin vaqtni yengolmagan
Dunyoning To‘rt Burchi Hukmdori Bilga-Hoqonga o‘xshash tomonimni aytib bersam,
balki bu tartibsiz hikoyalarimga bir oz his bergan bo‘larmidi? Ha, nimanidir saqlab
qolishga intilib, men u yerdan bu yerga ko‘chib yurdim: turli odamlar o‘rtasida ro‘y
bergan bu hikoyalar Sahro Hukmdori boshidan kechirgan qo‘shimcha aqlu zakovat
topishga urinishning ayni o‘zidir. Shuni tushunib yetganimda, bu dunyodan
uzoqlashishning yo‘lini topdim. Buni sizga tushuntirib beraman: misol uchun, siz
Londonga uchmoqchisiz va hamma bundan xabardor, deylik. Siz qarindoshlaringiz,
hamkasblaringiz va do‘stlaringizga nima qilmoqchiligingiz, qaerga ketayotganingiz, kim
bilan uchrashmoqchiligingiz va qachon qaytib kelishingizni aytasiz. Atrofingizga boqing,
siz har doim pillaga o‘xshab munosabatlaringizning kumush iplari bilan o‘rab olingansiz.
Lekin yaxshisi, ularni chaqiring-da, ish yuzasidan bir kechaga, Xudo biladi, aloqa qilish
mumkin bo‘lmagan qaysidir bir qirg‘inga ketayotganingizni ayting, biroq, baribir ertaga
tunda orqaga uchib kelaman-ku, deng.
Haqiqatda esa poezdga o‘tirib, deylik, siz birovni va hech kim sizni bilmaydigan
Edinburgga jo‘naysiz. Bu qochish qanchalik g‘amgin va shirin va siz hech kim uchun
mavjud bo‘lmaysiz, o‘zingizdan bo‘lak hech kimniki bo‘lmay qolasiz... Faqat mangu
toshlar va sovuq o‘tirg‘ichlar sizning shu yerdaligingiz, odamlar orasida yo‘qolib
qolganingizga guvoh xolos. Bu yolg‘iz qolishnnig yagona xili: siz odamlar orasida qorday
erib ketasiz yoki ertaklardagiday g‘orda yo sahroda o‘lib ketgan bo‘lasiz. Balki hozir
pilladan uchib chiqqan kapalak birinchi bor ipak qanotlarini boshqa kapalaklar orasida
qoqqan zamon o‘zini xuddi shunday sezayotgandir.
Buyuk shoir aytganiday: «El netib topgay menikim, men o‘zimni topmasam...»
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |