Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   111
Bog'liq
kok turklari asiri

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
73
103
Yana bir qo‘ldan berilgan saltanat bu sho‘‘rolar saltanatidir. Isroil va Erondan 
qaytganimdan so‘ng, ko‘p o‘tmay, Yevropa tashkilotlaridan biri Gruziyaga borishni 
mo‘ljallayotgan nozik delegatsiya uchun tarjimonlikka yolladi. Aniqrog‘i, men ana shu 
delegatsiyaning safar ahamiyatini yoritib beradigan jurnalistlari uchun tilmochlikka 
yollandim. Biz Yevropadagi bir poytaxt shahardan shaxsiy samolyotda uchib ketdik. Bu 
rahbarlar har kuni bahramand bo‘ladigan ba'zi narsalar: eng yaxshi vinolar va ikra, 
shirin tabassumlar va bepul xizmatdan biz ham bebahra qolganimiz yo‘q. Ular safar 
kundaligini o‘zgartirishganida esa, zavqimiz yanada oshib ketdi: gruzinlar 
mehmonnavozlikda juda mashhur bo‘lib, imkoniyatdan foydalanib, nimaga qodir 
ekanliklarini namoyon etishdi: rasmiy nonushtalar, shohona tushliklar, tashriflar, 
tashriflar... Lekin menga o‘xshagan chetdagilar bu kun tartibi faqat rais va uning 
kuzatuvchilari sharafiga tuzilganini unutibmiz. Biz buni tayyoragohda bildik: delegatsiya 
bir tomonga, biz ikkinchi tomonga ketib, qorong‘i hayotimiz boshlandi.
«Rasmiy safarlarda yuradigan jurnalist» nima ekanini bilasizmi? Bu - halaqit beradigan, 
lekin aqalli pashshani qo‘rib turadigan bir dum degani. Tarjimon esa ana shu dumning 
dumi degani. Matbuot kotibi sizni navbatdagi voqeaning zo‘r bo‘lishiga qiziqtirib, 
mehmonxonadan olib chiqadi, siz deylik, Tashqi Ishlar Vazirligiga kelasiz, u yerda 
chavandozlar qurshovida zirhli avtomobilda keladigan raisingizni bir soat kutasiz, 
shundan keyin gullar, yaltir-yulturlar, tabassumlar, tekin xizmatlar, lekin sizga hech 
narsa yo‘q. Shundan so‘ng xizmatchilar to‘piga sho‘ng‘ib ketasiz va o‘zingizning nechog‘li 
keraksiz va qatordan tushib qolganingizni his etasiz. Kechroq ular dabdabali bezatilgan 
stollar ortida g‘oyib bo‘lishadi, eshiklar taqa-taq berkitiladi va matbuot kotibi yana sizni 
bir oz kutishingizni iltimos qilib, ajoyib matbuot anjumani bo‘ladi, deya qiziqtiradi. Siz na 
marmar zinalarda va na forsiy gilamlarda o‘tirishga haddingiz sig‘may, aytilgancha 
kutasiz. Anchadan keyin xushchaqchaq holda ularning qip-qizil yuzlari ko‘rinadi: yaltir-
yulturlar, tabassumlar, qarsak-tarsaklar va rais qorovullar qurshovida yana bir boshqa 
joyga ketadi. Bechora matbuot kotibi esa u yerda savollar berish imkoni tug‘iladi, deya 
ishontirishga tushadi.
Ochqagan, chanqoq va nafratlangan holda mamlakat Prezidentini kutib olish uchun 
jo‘naysiz. U yerga har galgiday xavfsizlik yuzasidan bir soat ilgari kelib turasiz. Jiddiy va 
qat'iy tan soqchilari (tavba, kimning tanini saqlar ekan ular? Boshqa tomondan 
qaraganda ular o‘z tanasini shu qadlar yaxshi qo‘riqlaydiki, siz o‘zingizning tanangizni 
ham qo‘riqlashlari yoki tintishlariga ishonasiz) kuylagingizning har bir tugmasini tekshirib 
chiqishadi, lekin aslida, siz ashqol-dashqol to‘la pidjagingizni detektorning narigi 
tomoniga tashlab qo‘yasiz va uni eson-omon qo‘lga olasiz. Keyin Prezident raisni qabul 
qiladigan o‘n birinchi qavatga ko‘tarilasiz. Yuqorida yana bir qo‘riqchilar guruhi sizni 
kutib turadi va tekshiruv o‘tkazadi, endi tugatay deganlarida, bir ziyrakrog‘i protokol 
bo‘limi ismingizni yozishda xato qilganini sezib qoladi. Ular tintuv boshlashadi va bir 
to‘xtamga kelgunlaricha, Prezident va rais yopiq eshiklar ortida yuzma-yuz suhbatni 
boshlab yuborgan bo‘ladi. 
Endi Protokol boshlig‘i yarim-soat bir soat ichida ularning ikkisi ham birinchi qavatda 
matbuot anjumani o‘tkazadi, deya ruhlantiradi. Siz pastga tushasiz va mahalliy 
jurnalistlar orasida yana allaqancha vaqt kutasiz, jurnalistlar sizni Prezident hech qachon 


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish