www.ziyouz.com
kutubxonasi
91
Sal muloyimroq bo‘lsang bo‘lmaydimi?», - so‘rabdi Ajaldan. «Bilasanmi, - debdi Ajal, -
bugun kechasi uning jonini Hindistonda olishim kerak edi, u bo‘lsa hanuz shunda...»
Bu rivoyatni BMT xodimi bo‘lgan o‘sha yigit bilan uchrashuvni o‘ylaganimda esga
olaman. Buni hech kimga, hatto Afg‘onistonda tarjimonlikka yollagan nodavlat
tashkilotining vakiliga ham aytmadim. Erta azonda mahalliy koordinatorga ikki yuz dollar
to‘ladim va u bir fojeiy hikoya «o‘ylab topdi», unga ko‘ra, u Qashg‘arga bora olmadi,
lekin o‘z o‘rniga xo‘jayiniga mening borishimni taklif qildi va u uchinchi yo‘lovchi sifatida
oq-ko‘kish «Toyota» jipida meni olib ketdi.
127
Sizga qo‘rqinchli yo‘llar haqida aytib o‘tirmayman, ularni «o‘lim talvasasi»da aytib
o‘tganman, lekin chindan ham butun yo‘l rasvo edi. Bunaqa yo‘llarda siz o‘zingizniki
bo‘lmay qolasiz, hatto yashayotganingizga shubhalanasiz, chunki istagan kishi hech bir
sababsiz sizni to‘xtatishi, tintuv o‘tkazishi, urishi va o‘ldirib yuborishi mumkin. Tog‘
dovonlari undan ham battar: arang turgan tor yo‘laklar, to‘satdan yog‘adigan qor va
tumanlik, na yuqorida va na jardaligingni bilmasliging, tekis yerga chiqamanmi-yo‘qmi
deya umidsizlikka tushish... Bunaqa yo‘llar odatda faqat ertaklarda aks ettiriladi. Lekin
bu bo‘sh yupanchdir, chunki haqiqatda u yakun emas, balki qo‘rqinchli tushning
boshlanishidir.
Lekin ular yo‘l tugadi deyishsa ham, sayohat hanuz davom etardi. Biz Qoshg‘arda avval
Rossiya elchixonasi bo‘lgan, bir kechalik tunash bahosi 500 dollarlik (BMT ning
cho‘ntagidan ketadi-ku) mehmonxonada to‘xtadik. Bu dabdabali binoda «Yirik O'lja»,
polkovnik MakKartni, josuslar ari uyasi va romantizm hanuz saqlanib qolgandi. Ajoyib
suratlar, g‘aroyib mebel va ipak devorlar... Mening bu mamlakatga kirish uchun vizam
yo‘q edi, xo‘jayin buni bilar, dam-badam «Biz BMT himoyasidamiz» deb qo‘yardi.
Chindan ham xo‘jayin mehmonxonaga to‘lagan bahoni ko‘zdan kechirarkan, hech kim
mendan bu haqda so‘ramasdi. Xo‘jayin esa pasportini umuman ko‘rsatmas, uning
o‘rniga hamma joyda BMT guvohnomasini ko‘rsatar, faqat bir gal kanadalik qizining
rasmini pasportining ichidan olib ko‘rsatganda, unga ko‘zim tushdi. U pasportni boshqa
qog‘ozlarining ustiga tashlab, kelgusi rejalarni muhokama qilishga tushdi.
Men esa rejamni allaqachon pishitib qo‘ygandim...
128
Jan-Per Balpening soxta pasporti bilan Qoshg‘ardan Urumchiga yo‘lga chiqqan avtobusda
ikki kun vaqt o‘tkazdim. Bu men chiqqan avtobuslar ichida eng antiqasi edi. Avval
haydovchi qo‘zg‘alish vaqti o‘tib ketsa ham, odam to‘lguncha kutib o‘tirdi. So‘ng u
avtobusni Qoshg‘arning narigi bir chetidagi garaj tomonga haydab, mexanik bilan
nimadir to‘g‘risida gaplashdi, keyin yaqinroqdagi qassobxona tomonga burildi, u yerda
baland ovozda chaqirgandi, bir bolakay ikki kilocha go‘sht keltirib berdi. U go‘shtni uyiga
tashlagandan so‘nggina Urumchiga qarab yo‘lga tushishimizni e'lon qildi. Bu shunchaki
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |