www.ziyouz.com
kutubxonasi
67
Tongyuquq allaqachon Hukmdorga ta'sir qilishga uringan, xavfni kengaytirishga
ko‘maklashgan va buni Hukmdorga ko‘rsatgani holda Bilga-Hoqonni o‘g‘lidan ayirgan,
shunga qaramay, Tongyuquqning qizi hanuz ishning borishiga ta'sir ko‘rsatib turardi.
Hoqon bekordan-bekorga Makon ustidan g‘alaba qilgani kabi Vaqtni ham yengaman deb
urinib yuribdi. Dono tulki ovchisi kelajakka borishi kerakmi va yana o‘zi kelajak haqida
qayg‘ursinmi? Nahot Tangri samoviy javobgarlikni uning cho‘kib borayotgan sersuyak
yelkasiga yuklayotgan bo‘lsa?
96
Ba'zi o‘rinlarda Ko‘k Turklari tarixi xususida juda ko‘p kishilar tadqiqot olib borganini
anglayman: Radlov va Malov, Klauson va Chavannes, Bang va Ota Malik Juvoniy,
Bichurin va Gumilev, Grouset va Peliot, Liu Mau-tasai va Julen. Faqat nomlar, nomlar,
nomlar. Ba'zi nuqtalarda men ularning hayoti bilan qiziqdim va avval Luk va Zev,
Valaamov va Tenzig, At-Tohariy va ismsiz darvish kabi ularning hayotiga sho‘ng‘ib
ketishim mumkinligini angladim.
Ikkinchi tomondan o‘zim ham ularning biriga aylandim va hayotim o‘rganishga arzigulik
misol bo‘lib qoldi. Ish shuni taqozo etdi. Bu qachon sodir bo‘lganini sezmagan esam-da,
lekin hozir uni aniq bilaman. Shuning uchun yuqorida keltirganim tasodifiy ajnabiylar
(ishonchim komilki, ularni eslay olmaysiz) orasidan o‘zim tomonga yangi yo‘l qurib
oldim. Kimman o‘zi? O'sha yo‘lovchilar, ajnabiylar va qahramonlarning shunchaki
soyasimi, yoki sifatli bir narsami va yo ozod ustixonlik allakimmi? Yoxud haqiqat
zamonaviylik tomonda turgan mana shu ko‘pchilik o‘rtasidami? Yoxud hatto hech bir
yerda: men u haqiqatni ularning orasidan topishga urinarkanman, shu ishni
qilayotganimni unutaman, biroq buni bilsam, ular orasidan axtarayotganimga e'tibor
bermayman...
97
Albatta, Tulki Ovchisi tulkilar o‘zini aldashda deyarli muvaffaqiyatga erishganini yaxshi
bilardi. Saltanat qulab borar, lekin buni hali hech kim bilmasdi. Qanaqa davlat bu? Bu -
iroda, uzundan-uzoq iroda. Butun dasht kabi cho‘zilgan iroda. Zakovat va kuch-qudratni
keltirgan iroda. Keksa Tongyuquq dono edi, biroq kuchli emasdi u qadar. Kul-Tegin
o‘lgandi. Bo‘rilar kuchsiz bo‘lsa, tulkilar, shoqollar va qarg‘alar hukmronlikka o‘tadi.
Sariq tulkilar ham ularni chuv tushirdi.
Lekin dashtda ov qilishning juda qadimgi yo‘li bor: chavandozlar tulkilarni ufq
chegarasigacha to‘xtamay quvib borishadi va birdan ular o‘ng tarafdan kelib, yana ularni
ufqning boshqa chegarasigacha quvishadi. So‘ngra chavandozlar yana boshdan o‘ng
tarafdan kelishadi va tulkilarni qayta-qayta ufqning uchinchi chegarasiga qadar
quvishadi. Bu bir fitnadir. Lekin oxiri chavandozlar katta egri chiziq tortib tulki bilan
yuzma-yuz kelishadi. Tulki esa chap berish o‘rniga, yerga qulab o‘ladi. Ular dasht
g‘oyasiga toqat qilolmaydi. Bu Buyuk Qaytaruv deb ataladi. Dono va Keksa Tongyuquq
ana shu Buyuk Qaytaruvga tayyor turardi.
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |