www.ziyouz.com
kutubxonasi
73
103
Yana bir qo‘ldan berilgan saltanat bu sho‘‘rolar saltanatidir. Isroil va Erondan
qaytganimdan so‘ng, ko‘p o‘tmay, Yevropa tashkilotlaridan biri Gruziyaga borishni
mo‘ljallayotgan nozik delegatsiya uchun tarjimonlikka yolladi. Aniqrog‘i, men ana shu
delegatsiyaning safar ahamiyatini yoritib beradigan jurnalistlari uchun tilmochlikka
yollandim. Biz Yevropadagi bir poytaxt shahardan shaxsiy samolyotda uchib ketdik. Bu
rahbarlar har kuni bahramand bo‘ladigan ba'zi narsalar: eng yaxshi vinolar va ikra,
shirin tabassumlar va bepul xizmatdan biz ham bebahra qolganimiz yo‘q. Ular safar
kundaligini o‘zgartirishganida esa, zavqimiz yanada oshib ketdi: gruzinlar
mehmonnavozlikda juda mashhur bo‘lib, imkoniyatdan foydalanib, nimaga qodir
ekanliklarini namoyon etishdi: rasmiy nonushtalar, shohona tushliklar, tashriflar,
tashriflar... Lekin menga o‘xshagan chetdagilar bu kun tartibi faqat rais va uning
kuzatuvchilari sharafiga tuzilganini unutibmiz. Biz buni tayyoragohda bildik: delegatsiya
bir tomonga, biz ikkinchi tomonga ketib, qorong‘i hayotimiz boshlandi.
«Rasmiy safarlarda yuradigan jurnalist» nima ekanini bilasizmi? Bu - halaqit beradigan,
lekin aqalli pashshani qo‘rib turadigan bir dum degani. Tarjimon esa ana shu dumning
dumi degani. Matbuot kotibi sizni navbatdagi voqeaning zo‘r bo‘lishiga qiziqtirib,
mehmonxonadan olib chiqadi, siz deylik, Tashqi Ishlar Vazirligiga kelasiz, u yerda
chavandozlar qurshovida zirhli avtomobilda keladigan raisingizni bir soat kutasiz,
shundan keyin gullar, yaltir-yulturlar, tabassumlar, tekin xizmatlar, lekin sizga hech
narsa yo‘q. Shundan so‘ng xizmatchilar to‘piga sho‘ng‘ib ketasiz va o‘zingizning nechog‘li
keraksiz va qatordan tushib qolganingizni his etasiz. Kechroq ular dabdabali bezatilgan
stollar ortida g‘oyib bo‘lishadi, eshiklar taqa-taq berkitiladi va matbuot kotibi yana sizni
bir oz kutishingizni iltimos qilib, ajoyib matbuot anjumani bo‘ladi, deya qiziqtiradi. Siz na
marmar zinalarda va na forsiy gilamlarda o‘tirishga haddingiz sig‘may, aytilgancha
kutasiz. Anchadan keyin xushchaqchaq holda ularning qip-qizil yuzlari ko‘rinadi: yaltir-
yulturlar, tabassumlar, qarsak-tarsaklar va rais qorovullar qurshovida yana bir boshqa
joyga ketadi. Bechora matbuot kotibi esa u yerda savollar berish imkoni tug‘iladi, deya
ishontirishga tushadi.
Ochqagan, chanqoq va nafratlangan holda mamlakat Prezidentini kutib olish uchun
jo‘naysiz. U yerga har galgiday xavfsizlik yuzasidan bir soat ilgari kelib turasiz. Jiddiy va
qat'iy tan soqchilari (tavba, kimning tanini saqlar ekan ular? Boshqa tomondan
qaraganda ular o‘z tanasini shu qadlar yaxshi qo‘riqlaydiki, siz o‘zingizning tanangizni
ham qo‘riqlashlari yoki tintishlariga ishonasiz) kuylagingizning har bir tugmasini tekshirib
chiqishadi, lekin aslida, siz ashqol-dashqol to‘la pidjagingizni detektorning narigi
tomoniga tashlab qo‘yasiz va uni eson-omon qo‘lga olasiz. Keyin Prezident raisni qabul
qiladigan o‘n birinchi qavatga ko‘tarilasiz. Yuqorida yana bir qo‘riqchilar guruhi sizni
kutib turadi va tekshiruv o‘tkazadi, endi tugatay deganlarida, bir ziyrakrog‘i protokol
bo‘limi ismingizni yozishda xato qilganini sezib qoladi. Ular tintuv boshlashadi va bir
to‘xtamga kelgunlaricha, Prezident va rais yopiq eshiklar ortida yuzma-yuz suhbatni
boshlab yuborgan bo‘ladi.
Endi Protokol boshlig‘i yarim-soat bir soat ichida ularning ikkisi ham birinchi qavatda
matbuot anjumani o‘tkazadi, deya ruhlantiradi. Siz pastga tushasiz va mahalliy
jurnalistlar orasida yana allaqancha vaqt kutasiz, jurnalistlar sizni Prezident hech qachon
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |