www.ziyouz.com
kutubxonasi
72
gapirib turganda, o‘rtachilik qilib yurgan hayotimdan so‘ylaydigan arzimas, yaroqsiz bir
hikoya esimga tushib ketdi.
Bir kuni, bu hikoya boshlanmasidan burun, tilmochlik byuromizning rahbari mendan
muhim bir ishni tugatishni so‘radi. Ish yuzasidan juda ko‘p kishilar bilan aloqa qilishimga
to‘g‘ri kelar, ular orasida teatr oliygohining rektori ham bor bo‘lib, u bilan munosabatimiz
yaxshi edi. Boshlig‘imning poytaxtimiz atrofidagi tog‘larda yurgan jiyani bor edi, bir kun
u ana shu jiyanining ajoyib aktyor ekanini aytib qoldi. U qo‘shiq kuylash, raqsga tushish
va kichik sahna asarlari ijro etishda ustasi farangligidan, teatr oliygohiga o‘qishga
kirishni orzu qilarkan. Mendan rektor bilan gaplasha olamanmi-yo‘qmi deb so‘radi u,
chunki imtihon topshirish muddati o‘tib ketgandi. Men harakat qilib ko‘rishimni aytdim.
Shunday ham qildim. Tanishimga o‘sha yigit haqida iliq gaplar aytdim, uning iste'dodli
yigit ekani, hind filmlari uchun tappa-tayyor yulduz bo‘lishini so‘zladim. Rektor imtihon
vaqti o‘tganini eslatib, lekin mening ham so‘zimni yerda qoldirmaslik maqsadida yordam
berishga so‘z berdi. Biz shunga kelishdik: men yosh iqtidorli yulduzni olib keladigan va
rektor boshqaruvning navbatdan tashqari kengashini tashkil etadigan bo‘ldik
Shunday qilib boshlig‘imni xursand qildim va jiyanini dushanba kuni olib kelishini
so‘radim. Aytilgan kun keldi. Men o‘zi baland bo‘yli kishi emasman, lekin «o‘sib
kelayotgan yulduz»ni birinchi bor ko‘rganimda o‘z bo‘yimdan uyalib ketdim. Bundan
tashqari, u qandaydir rangsiz, tussiz bir bola ediki, «albinos» ekaniga shubhalana
boshladim. Bu uning faqat tashqi qiyofasi edi. Undan jasorat qilib ismini so‘raganimda,
kuchli bir aktsent bilan yarim tovushni yutib yuborgan holda bir nima degandi, meni
hiqqa tutib qoldi. «Suyagi bizniki, eti sizniki» dedi boshlig‘im va bizni holi qoldirdi.
Va'daga vafo deya bu yaralmishni oliygohga olib keldim. Garchi rektorning gavdasi
menikiday bo‘lsa ham, lekin yuragi ikki marta katta edi. Chunki u men bilan mening
bema'ni iltimosim va g‘alati maqsadli mana bu g‘ayritabiiy yaralmish o‘rtasida qolgandi.
Bizni ko‘rib, kamzulining cho‘ntagiga qo‘lini tiqqanicha, jahl otiga minmay, bolani
kengashga olib chiqish oldidan xonaning u yog‘idan bu yog‘iga Gulliverga o‘xshab katta-
katta qadam tashlab yura boshladi. U «aktyor sahnada ko‘rinib turishi kerak», dedi
xolos. «Hatto eng orqa qatordagi tomoshabin ham uni ko‘rishi shart. Hozir sizga
ko‘rsataman» deya narigi xonadan kimnidir boshlab chiqdi. Bir aktyor momoqaldiroq
ovoziday gumburlab xonaga kirib keldi. «Bilasanmi, - dedi rektor, - kelgusi yil
qo‘g‘irchoq teatri uchun kurslar ochamiz, o‘shanda kelsang, hech qanday imtihonsiz
o‘qishga olamiz, bo‘ptimi?»
Jiyan kelasi yil o‘qishga bordimi-yo‘qmi, xabarim yo‘g‘u, lekin sezdimki, va'da berilgan
joy o‘rtachilik qilib yurgan mendek qo‘g‘irchoqbozga qarata aytilgandi. Shu oddiygina
hikoyada ham avvalgilaridagiday bir necha xulosalar va qarorlar borligini ko‘raman. Ular
biz o‘ylaganchalik sodda emas-ov. Aslida har bir hikoya ma'lum bir ruhidan tashqari
o‘zining suyak va etlariga ega bo‘ladi. Lekin men ularni sharhlab o‘tirish niyatim yo‘q.
Men faqat Venada Pasxa bayrami munosabati bilan uyushtirilgan marosimda esladim
bularni. Bor-yo‘g‘i shu.
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |