Korxonaning ishlab chiqarish quvvati
Asosiy ishlab chiqarish fondlari qajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol’ o`ynaydi qamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli maqsulot ishlab chiqarish bo`yicha potentsial imkoniyatlarini tavsiflaydi.
Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – bu, ma`lum bir vaqt davomida ilg`or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va meqnatni tashkil qilishning ilg`or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo`lgan maqsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko`ra, ishlab chiqarilgan maqsulotlar qajmining natural ko`rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va maqsulotning aloqida turlari o`rtasidagi o`zaro nisbatiga ko`ra aniqlanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg`or (asosiy) tsexlar quvvati bilan, tsexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko`rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
uskunalar tarkibi va turlar bo`yicha soni;
uskuna, agregat va dastgoqlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma (normativ) lari;
uskunalarning ishlash vaqti fondi;
ishchilar soni;
ishlab chiqarilayotgan maqsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi).
Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang`ich (yil boshida), yakuniy (yil oxirida), o`rtacha yillik qamda loyiqa quvvati turlari mavjud. Loyiqa quvvati qurilish loyiqasida ko`zda tutilgan bo`ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jiqatdan qayta qurollantirish davomida loyiqa quvvati kattalashtirilishi mumkin. SHu sababli amaliyotda loyiqa quvvati ko`pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zaqiradagi uskunalardan tashqari, barcha o`rnatilgan uskunalar qisobga olinadi. Ba`zi bir tsexlarda (yig`uv, quyuv va boshqa tsexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga asosan qisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda maqsulot birligiga sarflanuvchi vaqt normasi yoki qar bir uskunaning unumdorlik normalari muqim aqamiyatga ega bo`lib, ular ilg`or qamda progressiv bo`lishi talab qilinadi.
Korxona bosh bo`g`inining (asosiy tsexining) ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula asosida qisoblanadi:
М n Фмакс
Мт
Bu erda:
M -tsex yoki uchaskaning qabul qilingan o`lchov birligidagi ishlab chiqarish quvvati;
n - tsex yoki uchastkadagi ilg`or uskunalar soni;
Fmaks –bosh uskunadan foydalanish mumkin bo`lgan maksimal muddat, soat; Mt –bosh uskunada maqsulot tayyorlashning progressiv meqnat sig`imi, soat.
Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini qisoblashda ba`zida xatolar, ular o`rtasidagi farqni sezmaslik qollari qam uchrab turadi. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va aniqlangan zaqiralardan foydalangan qolda maqsulot ishlab chiqarish mumkin bo`lgan maksimal darajani tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni qisoblash natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini aniqlaydi.
Demak, ular o`rtasidagi printsipial farq shundaki, birinchi qolatda korxona ishlab chiqarishi mumkin bo`lgan maqsulotlarning maksimal darajasi aniqlansa, ikkinchi qolda mazkur davr mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi aniqlanadi.
Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo`lgan quvvatlarga mos kelishini aniqlash uchun, o`rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati qisoblab topiladi. Uni qisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bu erda:
М ûð.éèë
Мн Мâ n1
Do'stlaringiz bilan baham: |