Uskunadan integral foydalanish koeffitsienti uskunadan ekstensiv va intensiv foydalanish koeffitsientlarining ko`paytmasi orqali aniqlanib, uning vaqt va quvvat bo`yicha band bo`lishini (foydalanilishini) kompleks xarakterlaydi.
Bizning misolimizda Keks q 0,71 va Kint q 0,8 bo`lganligi tufayli, uskunadan integral foydalanish koeffitsienti quyidagiga teng bo`ladi:
Кинтегр. Кэкс * Кинт 0,71*0,8 0,57
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning umumiy va qiymat ko`rsatkichlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan qolda, avvalo fond qaytimi qaqida to`xtalib o`tish kerak. U asosiy fondlar birligiga (qiymati bo`yicha) to`g`ri kelgan maqsulot ishlab chiqarishni xarakterlaydi.
U maqsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumning (V) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o`rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi:
В
Ф
Ф ê
с
Maqsulotning fond sig`imi - fond qaytimiga teskari qiymat bo`lib, quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Ф ñ
Ф ûð
В
Fond sig`imi kapital qo`yilmalari (investitsiyalar)ni tejash yoki ko`paytirish bilan uzviy ravishda bog`liq bo`ladi. Masalan, maqsulot fond sig`imi pasayib, uning ishlab chiqarish qajmi doimiy yoki o`suvchi bo`lganda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish sharoitlari yaxshilanadi, demak, kapital qo`yilmalarini tejash uchun imkoniyat tug`iladi. Uni topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
E k – kapital qo`yilmalarni tejash, so`m;
F e – qisobot yilida maqsulot fond sig`imining o`tgan yildagiga nisbatan o`zgarishi, so`m.
Qar bir korxona o`z tasarrufidagi asosiy ishlab chiqarish fondlaridan iloji boricha unumli foydalanishga intilishi lozim. Bunga fondlarni ish bilan ta`minlashni yaxshilash tufayli ishlab chiqarish va maqsulotlarni sotish qajmini oshirish, nisbiy xarajatlarni kamaytirish, foydani oshirishdan tashqari asosiy fondlarda jamiyatning o`tmishda narsa qoliga aylangan meqnati mujassamlanganligi qam zaruriyat tug`diradi.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo`nalishlari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish;
uskunalarning smenalik koeffitsientini oshirish;
bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;
ta`mirlash va profilaktika tadbirlarini o`z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish;
uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;
ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta`minlashni yaxshilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |