Boshqaruvning funktsional tuzilmasi uchun boshqaruv va ob`ekt funktsiyalari bo`yicha boshqaruv yacheykalari yaratish tavsiflidir. Bu yacheykalar bajarilishi shart bo`lgan qarorlarni boshqaruvning quyi pog`onasiga yoki bevosita ishlab chiqarish bo`g`inlariga etkazib beradi. Demak, boshqaruv funktsiyalar bo`yicha taqsimlanadi va funktsional bo`g`inlar tomonidan amalga oshiriladi, ular tomonidan tayyorlanuvchi boshqaruv qarorlari esa bajaruvchilarga kesishuvchan aloqa kanallari bo`yicha etkaziladi. Boshqaruvning funktsional tuzilmasiga misol qilib bosh mutaxassislarning, ya`ni bosh iqtisodchi, bosh mexanik, bosh texnolog, bosh metallurg, bosh konstruktor xizmatlari(bo`limlari, guruqlari), shuningdek, korxona bosh buxgalteriyasini ko`rsatish mumkin.
Boshqaruvning funktsional tuzilmasi amalda chiziqli tuzilma bilan kesishib o`tadi. Bunday sintez chiziqli yoki funktsional tuzilmaga qaraganda boshqaruvning chiziqli-funktsional tuzilmasini samaraliroq bo`lishi va keng tarqalishiga sabab bo`ladi. Bu qolda boshqaruv qam chiziqli, qam funktsional raqbarlar tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqaruvning funktsional strukturasini quyidagi chizma orqali aks ettirish mumkin:
4.4.-chizma. Boshqaruvning funktsional tuzilmasi
olish;
Boshqaruvning ushbu tuzilmasi afzalliklari quyidagilar:
boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirish darajasining yuqoriligi;
boshqaruv faoliyatining deyarli barcha soqalarini vakolat doirasida qamrab
ishlab chiqarish diversifikatsiyasining turli talab va shart-sharoitlariga
moslashish imkoniyatlari;
boshqaruv xizmatlari yoki bo`limlariga xodimlar tanlashning nisbatan osonligi.
Uning kamchiliklari qatoriga esa quyidagilarni kiritish mumkin:
yakkaqokimlik tamoyilining buzilishi;
kelishilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bajarish qamda ularning kompleksligini ta`minlash qiyinligi;
boshqaruvning yuqori pog`onalari uchun raqbar tanlashning murakkabligi.
SHartli belgilar:
chiziqli raqbariyat munosabatlari funktsional munosabatlar
4.6.-chizma. Boshqaruvning chiziqli-funktsional tuzilmasi
CHiziqli-shtabli tuzilma boshqaruv aralash tuzilmasining bir ko`rinishi bo`lib, unga chiziqli struktura asos qilib olingan. Boshqaruvning qar bir bo`g`inida shtablar tuzilib, uning tarkibiga muammolarni echish uchun malakali mutaxassislar taklif etiladi. Masalan, shtabli tuzilmalar tabiiy ofat, qalokat va kulfatlarning oqibatlarini bartaraf qilish, yangi maqsulot yoki texnologiyani o`zlashtirish, to`satdan yuzaga kelgan, odatiy bo`lmagan vazifalarni echishda tuzilishi mumkin. Bunday qollarda boshqaruv shtabiga raqbarlarning vakolatlaridan kam bo`lmagan qaq-ququqlar, vakolatlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |