Microsoft Word korxona iqtisodiyoti o`quv qo`llanma tdiu lot doc



Download 493,11 Kb.
bet55/178
Sana08.02.2022
Hajmi493,11 Kb.
#434908
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   178
Bog'liq
Korxona iq

Korxonani boshqarishning o`ziga xos xususiyatlari

Bozor iqtisodiyotiga o`tish va jamiyatning demokratik tamoyillari kuchayishi, turli korxonalarning - yirik va kichik korxonalarning, shuningdek, xodimlar soni 20 kishigacha bo`lgan mikrofirmalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratib bermoqda.
Amaliyotdan shu narsa ma`lumki, korxona turi boshqaruv apparatining shakllanishi va tashkiliy tuzilmasiga sezilarli ravishda ta`sir ko`rsatadi. Masalan, o`rta va ayniqsa, kichik korxonalar uchun yirik korxonalarning boshqaruv tuzilmasini ko`r- ko`rona ko`chirib olish maqsadga muvofiq emas. Bu qimmatga tushishi va ko`p meqnat talab qilishidan tashqari ma`nosiz qamdir. SHu sababli o`rta va kichik korxonalarning moslashuvchanligi, qarakaatchanligi va bozor kon`yunkturasiga ta`siri ularning tashkiliy tuzilmasi soddaroq va optimal tarzdaligi bilan asoslab beriladi. Kichik korxonalarda asosan yirik korxonalarga xos bo`lgan katta funktsional bo`lim va xizmatlar mavjud bo`lmaydi.
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish sharoitlarida aktsionerlik korxonalarini (jamiyatlarini) boshqarishga katta qiziqish uyg`ongan. Bunday korxonalarning jamoalari ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmani boshqarishda ishtirok etadi. YAkka boshqaruv tamoyillariga asoslangan davlat korxonalaridan farqli ravishda aktsionerlik korxonalari (jamiyatlari) boshqaruv shakli, usuli va tuzilmasini o`zlari mustaqil ravishda tanlaydilar, ishlab chiqarish faoliyati siyosati va shtatlarini belgilaydilar.
Aktsiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)da kuzatuv kengashi, boshqarma va aktsionerlarning umumiy yig`ilishi boshqaruv organi vazifasini bajaradi. Ularning faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlar ququqini qimoya qilish to`g`risida”gi qonuniga, shuningdek, boshqa ququqiy- normativ qujjatlarga, jumladan, aktsiyadorlik jamiyatining ichki tartib va qoidalariga asosan yuritiladi.
Aktsiyadorlik korxonasini boshqarishning tashkiliy tuzilmasida ta`sischilar tarkibiga bog`liq bo`lgan-ta`sischilar kengashi muqim o`rin egallaydi. Masalan, ochiq turdagi aktsiyadorlik korxonalarida ta`sischining eng kam soni belgilanmagan, yopiq turdagi aktsiyadorlik korxonalarida esa ta`sislarning eng kam miqdori uch kishi qilib belgilangan. Bundan tashqari ularning qar biri aktsiyador bo`lishi shart.
Ta`sischilar aktsiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)ning raqbarini tayinlaydilar qamda bu raqbar keyinchalik aktsiyadorlar nomidan ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyati bo`yicha barcha xatti-qarakatlarni bajaradi va buning uchun javobgar qisoblanadi. Aktsiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)ni boshqarishda kuzatuvchilar kengashi muqim o`rin tutadi qamda quyidagi ququqlarga ega bo`ladi:

  • korxona faoliyatining ustuvor yo`nalishlarini belgilash;

  • aktsiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig`ilishlarini chaqirish;

  • aktsiyadorlarning umumiy yig`ilishi kun tartibini tayyorlash;

  • umumiy yig`ilishda qatnashish ququqiga ega bo`lgan aktsiyadorlar ro`yxatini

tuzish;

  • korxona (jamiyat) Nizomiga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish masalasini kiritish;

  • korxonaninng Nizom jamg`armasini e`lon qilingan aktsiyalar turi va miqdoriga ko`ra, aktsiyalarning nominal qiymatini oshirish yordamida ko`paytirish;

  • obligatsiya va qimmatbaqo qog`ozlarni joylashtirish;

  • korxona mulkining bozor qiymatini belgilash;

  • ijroiya organi raqbari (direktor, boshqarma raisi) va a`zolarini tayinlash;

  • jamiyat nomidan xodimlarni ishga yollash bo`yicha meqnat shartnomalarini

tuzish;

  • ijroiya organiga to`lanuvchi mukofot, rag`batlantirish va kompensatsiyalar

qajmini belgilash;

  • jamiyatning zaqira va boshqa jamg`armalaridan foydalanish;

  • aktsiyadorlik korxonasi(jamiyati)ning sho``ba bo`limlari va vakolatxonalarini ochish;

  • jamiyat Nizomida belgilangan, kuzatuv kengashi vakolatlari doirasiga kiritilgan boshqa masalalarni qal qilish.

Kuzatuv kengashi vakolatlari doirasiga kiritilgan vazifalarni echish jamiyatning ijroiya organiga o`tkazilishi ijroiya organi a`zolari kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas. Kuzatuv kengashi asosan saylov asosida tuziladi qamda saylov davomida eng ko`p ovoz olgan shaxs kengash a`zoligiga nomzod qisoblanadi.
Jamiyatning moliyaviy va xo`jalik faoliyatini nazorat qilishda taftish qay`ati muqim o`rin egallaydi. Ushbu xay`at a`zolari umumiy yig`ilish tomonidan aktsiyadorlar qamda korxonaning aktsiyalarini sotib olmagan boshqa xodimlar orasidan saylanadi. Xay`at boshqaruvning moliyaviy-xo`jalik faoliyati nazoratini doimiy ravishda yoki umumiy yig`ilish, kuzatuv kengashi, korxona aktsiyalarining 10% dan ko`prog`iga birgalikda egalik qiluvchi bir guruq aktsiyadorlarning, shuningdek, o`z tashabbusi bilan amalga oshirishi mumkin. Taftish qay`atining xulosalari aktsiyadorlik korxonasining yillik qisoboti va balansini tasdiqlashda katta aqamiyatga ega.
Ochiq turdagi aktsiyadorlik korxonasi(jamiyati)ni boshqarishning namunaviy tuzilmasini 4.7. - chizma ko`rinishida aks ettirish mumkin.
Àêöèÿäîðëàðíèíã óìóìèé éè\èëèøè (êîíôåðåíöèÿñè)



Êóçàòóâ êåíãàøè
Áîø=àðìà


Òàôòèø ùàéúàòè



Áîø=àðóâ ðàèñè (äèðåêòîð)



Ðàèñ ìóîâèíè (òèæîðàò äèðåêòîðè)



Bo`lim va xizmatlar
Ðàèñíèíã áîø ìóîâèíè (èøëàá ÷è=àðèø áûéè÷à äèðåêòîðè)
Ðàèñ ìóîâèíè (òåõíèê äèðåêòîð)


È=òèñîäèé òàùëèë
Èøëàá ÷è=àðèøíè òàøêèë =èëèø
Ìàðêåòèíã




Áóõãàëòåðèÿ ùèñîáè âà ìîëèÿ



Òàø=è êîîïåðàöèÿ


Òåõíèê õèçìàò êûðñàòèø


Õàðèäëàð âà áàùîíè øàêëëàíòèðèø



È÷êè õèçìàò êûðñàòèø


Ìàúëóìîòëàð


Èøëàá ÷è=àðèø öåõëàðè âà ó÷àñòêàëàðè

Øûúáà êîðõîíàëàð âà ôèëèàëëàð



4.7.-chizma. Aktsiyadorlik korxonasini boshqarishning na`munaviy tuzilmasi


    1. Download 493,11 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish