Xavfsizlik tamoyillari - xavfsizlikni ta`minlash taktika va strategiyasiga bo`lgan asosiy talablar xavfsizlikning maqsad va vazifalarini qal qilishning to`g`ri yo`llarin tanlashdir. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
qonuniylik tamoyillari;
mustaqillik va mas`uliyat;
iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik;
maqsadli-dasturiy rejalashtirish;
o`zaro aloqalar va muvofiqlashtirish;
meqnatni ilmiy tashkil qilish.
oshkoralik va zaruriy maxfiylikning uyg`unligi
Ixtisoslashuv va yuqori kasbiy malaka
Korxona xavfsizligini ta`minlashni tashkil qilish va boshqarish Xavfsizlik qodisalarning oldini olish va ogoqlantirish chorasi sifatida, qar bir
aloqida qolatdagi aniq qarakat bo`lib, korxona xarakteri, uning joylashuvi, aqamiyati va qokazolarga bog`liq bo`ladi. Mazkur jarayonda xavfsizlik tizimining o`zini belgilash muqim aqamiyat kasb etadi. Uning raqbari xavfsizlik kontseptsiyasini ishlab chiqarishning muayyan sharoitlariga nisbatan ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etishi zarur.
Xavfsizlik kontseptsiyasi birinchidan, korxonaning maqsad va vazifalariga zid kelmasligi, ikkinchidan, korxona xavfsizligiga bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan tashqi muqit ta`sirini inobatga olishi zarur. Bu ta`sirni quyidagi chizma ko`rinishida aks ettirish mumkin (12.1-chizma):
12.1-chizma. Korxona xavfsizligiga tashqi muqitning ta`siri.
SHu bilan bir vaqtda korxona o`z faoliyatining muqim yo`nalishlari xavfsizligini ta`minlash uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak va buning uchun avvalo, mos keluvchi qo`riqlash tartibini yaratish lozim. Mamlakatimiz va xorij amaliyoti tajribasi bunda quyidagi faoliyat turlarini ajratib ko`rsatadi:
Bino va inshootlar, aloqa tarmog`i qurilma va uskunalarini qo`riqlash tartibini ta`minlash.
Tezkor xavfsizlik – maxfiy axborotlarga bo`lgan vakolatni boshqarish, kelib- ketuvchilar, transport va yuk tashishni nazorat qilish, qoidabuzarlik qolatlarini tekshirish, axborot xavfsizligini ta`minlash.
Xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha ma`muriy faoliyat - personalni tayyorlash va o`qitish, inspektsiya, taftish va nazorat, muammoli vaziyatlarning oldini olish, istiqbolli chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Moddiy boyliklarni qimoya qilish va tabiiy ofatlar bilan kurash - yong`inlarning oldini olish, yong`in xavfsizligi va ogoqlantirish qurilmalari qolatini kuzatib borish va qokazolar.
Korxonalar raqbarlari meqnat jamoalarini doimiy ravishda xavfsizlikni ta`minlash natijalari to`g`risida xabardor etishlari lozim. Faqat zarur qollardagina xavfsizlik chora-tadbirlari maxfiy bo`lishi mumkin. Xavfsizlik chora-tadbirlarining maxfiyligi korxona bo`limlarini zaruriy qoidalarni qo`llash va ularga amal qilishini nazorat qilishni maxsus tashkil etishni ko`zda tutadi.
Qozirgi jamiyatning axborotlashtirish va elektronlashtirish sharoitlarida korxonalarning xavfsizligini ta`minlash uchun doimiy ravishda faoliyat ko`rsatuvchi, tijorat faoliyatining xavfsizligini ta`minlashning barcha shakl va usullarini qamrab oluvchi tizim amal qilishi lozim. SHu sababli xavfsizlik xizmati marketing va menedjment xizmati, valyuta, kredit va ququqiy bo`limlar kabi iqtisodiy bo`linmalar bilan chambarchas bog`liqlikda ishlab, iqtisodiy xavfsizlikka ko`proq yondashgan qolda ularning foliyatini to`ldirishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |